Sport | 11:33 / 13.07.2019
6143
2 daqiqa o‘qiladi

Jismoniy tarbiya va sport universitetida qo‘shma fakultetlar tashkil etiladi

Foto: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tarkibida xorijiy oliy ta'lim muassasalarining qo‘shma fakultetlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qaror bilan Universitet tarkibida quyidagilar tashkil etiladi:

2019/2020 o‘quv yilidan Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti bilan hamkorlikdagi jismoniy tarbiya, sport va turizm fakulteti;

2020/2021 o‘quv yilidan P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma jismoniy tarbiya, sport va salomatlik fakulteti.

Shunga ko‘ra, qo‘shma fakultetlarning asosiy vazifalari belgilandi.

Qo‘shma fakultetlar uchun kontrakt miqdori milliy valutada, Universitet va tegishli xorijiy universitetlar bilan kelishib belgilanadi.

Qo‘shma fakultet bitiruvchilariga O‘zbekistonda hamda tegishlicha Belarus Respublikasi yoki Rossiya Federatsiyasida oliy ta'lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida e'tirof etiladigan diplomlar beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid