Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatidagi xorijga chiqish biometrik pasportlari beriladigan nuqtalar 7 taga yetdi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun 10 yil muddatga, voyaga yetmaganlar uchun 5 yil muddatga xorijga chiqish biometrik pasportlar rasmiylashtirilishi yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, joriy yilning o‘tgan olti oyi mobaynida yangi pasportlar viloyatning 62 mingdan ziyod fuqarolariga taqdim etildi.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalarida ham xorijga chiqish pasportlari rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan oltita uskuna o‘rnatilib, Samarqand viloyati fuqarolari uchun xizmat ko‘rsatilib kelinayotgan edi. Ularda bir kunlik o‘tkazish quvvati 1100 fuqaroni tashkil etmoqda edi.
So‘nggi vaqtlarda, xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirish uchun ko‘plab fuqarolar murojaat qilganligi oqibatida, viloyat M va FRBda va uning 4 ta hududiy bo‘linmalarida kunlik navbatlar ko‘payib, fuqarolarning ortiqcha vaqtlari sarflanishiga olib kelayotganligi kuzatildi.
Shu munosabat bilan, hozirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Tergov departamenti rahbariyatining tashabbusi bilan yana 2 ta qo‘shimcha xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan uskunalar olib kelinib, viloyatning Samarqand shahri va Samarqand tumanlari IIB M va FRBlariga o‘rnatildi.
Endilikda Payariq tumani IIB M va FRBda uskuna, Payariq, Ishtixon, Qo‘shrabot va Oqdaryo tumanlari aholisi uchun;
Samarqand tumani IIB M va FRBda o‘rnatilgan uskuna Samarqand va Nurobod tumanlari aholisi uchun;
Kattaqo‘rg‘on shahri IIB M va FRBda o‘rnatilgan uskuna Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on, Narpay va Paxtachi tumanlari aholisi uchun:
Toyloq tumani IIB M va FRBda o‘rnatilgan uskuna Toyloq, Jomboy va Bulung‘ur tumanlari aholisi uchun:
Urgut tumani IIB M va FRBda o‘rnatilgan uskuna tumani aholisi uchun;
Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB M va FRBda o‘rnatilgan uskunalar shahar aholisi, shuningdek, Past Darg‘om va Nurobod tumanlari aholisi uchun xizmat ko‘rsatishi belgilandi.
Bundan tashkari tez kunlarda viloyatning boshqa olis tumanlarida ham xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga mo‘ljallangan uskunalar o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.

Viloyat M va FRB boshlig‘i D.Norchayevning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida haftaning yetti kunida ham (shanba va yakshanba kunlari ham) ertalab soat 08:00 dan kech soat 21:00 ga qadar IIB M va FRB hamda uning quyi tizimlarida biometrik pasport va xorijga chiqish biometrik pasportini olish hamda ular uchun suratga tushish uchun xizmat ko‘rsatilmoqda.
— Majburiy ijro byurosi bazasi bo‘yicha fuqarolarni qarzdorlik bo‘yicha ogohlantirish amalga oshirgan yana bir yagiliklarimizdan biri bo‘ldi, — deydi D.Norchayev. — Ko‘pincha qarzdor fuqarolar, qo‘lida aviachipta aeroportda, aytaylik, kimdir kommunal xizmatlar uchun, kimdir alimentdan qarzdorligi uchun mamlakatni tark eta olmay qolishmoqda. Bu qo‘shimcha xizmat xorijga yo‘l olayotgan insonga qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
Fuqarolarga qulaylik yaratish va ularning vaqtlari behudaga sarf bo‘lmasligi uchun bino foyesida pasportlari tayyor bo‘lgan fuqarolarni familiyalari namoyish etib turiluvchi tablo o‘rnatilgan. Tablodagi ismlar har kuni almashib turadi.
Sohaga tegishli yana bir yangilik: endi xorijga chiqish pasportini olmoqchi bo‘lgan fuqarolar avvalgidek ish joyi va mahalladan ariza anketalariga muhr bostirishi hamda anketalarini to‘ldirishi shart emas. Fuqarolarimiz faqatgina joylardagi IIB M va FRBlardagi xodimlariga o‘z fuqarolik pasportlarini taqdim etsalar, kifoya.
O‘z muxbirimiz.
Mavzuga oid
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
09:45 / 21.04.2026
Samarqandda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi
10:35 / 20.04.2026
Samarqandda noqonuniy oltin ajratib olish faoliyatiga chek qo‘yildi
15:09 / 04.04.2026