Prezident Şavkat Mirziyoyev 12 iyul kuni Toşkent qişloq xöjaligi texnikasi zavodiga taşrif buyurdi.
«Agrar tarmoqda sifat va samaradorlikni texnika ta'minlaydi. Lekin önlab yillar mobaynida turli qişloq xöjaligi texnikasini işlab çiqariş va çuqur mahalliylaştirişga yetarli e'tibor berilmagani oqibatida texnika parkining yillik yangilaniş darajasi 2-3 foizdan oşmas edi. Toşkent qişloq xöjaligi texnikasi zavodi ham işlamay, bino va liniyalari qarovsiz bölib qolgandi.
Prezident taşrifi bu zavodga katta özgarişlar olib keladi. Uning negizida yangi zavodlar işga tuşirilib, tom ma'noda qişloq xöjaligi maşinasozligi sanoati barpo etiladi.
Jumladan, lokalizatsiya darajasini oşirib, importni qisqartiriş maqsadida bu yerda 5 ta korxona taşkil etiş rejalaştirilgan.
Ulardan biri umumiy qiymati 42 million dollar bölgan metall quyiş korxonasidir. Zavodning 3 gektarlik böş turgan binosida taşkil etiladigan korxonada yiliga 47 ming tonna xalqaro talablarga javob beradigan, yuqori aniqlikdagi metall qismlar quyiladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Davlat rahbari uşbu korxona uçun möljallangan binoni kirib körgan.

– Maşinasozlik korxonalari uçun metall quyiş quvvati – eng muhim masala. Usiz mahalliylaştiriş, mahsulot turlarini köpaytiriş va tannarxini pasaytirişga erişib bölmaydi. Bu korxonalarni işga tuşirsak, texnikalarimiz raqobatbardoş böladi, fermerlarimizga hamyonbop mahsulotlar yetkazib beriladi, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Umumiy qiymati 24 million dollar bölgan yana 4 ta loyiha transmissiya vallari, ğildirak disklari, kabinalar va mahkamlovçi temir buyumlar işlab çiqarişni özlaştirişga qaratilgan.
Uşbu loyihalarni işga tuşiriş natijasida sohada mahalliylaştiriş darajasi 60 foizga yetkaziladi, mahsulot tannarxi 32 foizga va import yiliga 116 million dollarga kamayadi.

Şuningdek, bu yangi quvvatlar nafaqat «Özagrotexsanoatxolding» korxonalari, balki «Özavtosanoat» tizimida işlab çiqarilayotgan avtomobillar, yuk transportlari va avtobuslar uçun ham butlovçi qismlarni kooperatsiya asosida yetkazib berişni ta'minlaydi.


















