Prezident “Qişloq xöjaligi maşinasozligi sohasini boşqariş tizimini yanada takomillaştirişga oid çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat qişloq xöjaligi maşinasozligi korxonalarini boşqariş tizimini yanada maqbullaştiriş va takomillaştiriş maqsadida qabul qilindi.

Qaror bilan Davlat aktivlarini boşqariş agentligining "Özagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyatini tugatiş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi.

"Özagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tugatiş komissiyasi tuzildi.

Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda "Özagrotexsanoatxolding" AJni tugatiş böyiça "Yöl xaritasi"ni tasdiqlaydi va uning bajarilişini ta'minlaydi.

Belgilanişiça, "Özagrotexsanoatxolding" AJ korxonalari uçun imtiyozlar va preferensiyalar (qöşilgan qiymat soliği böyiça imtiyozlar bundan mustasno) beriş böyiça ilgari qabul qilingan qonun hujjatlari öz kuçini prezident va hukumatining tegişli hujjatlari bilan belgilangan muddat tugagunga qadar saqlab qoladi.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi bir oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga uşbu qarordan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.