«Bu yilgi paxta terimini mexanizatsiyalaşga, paxta teriş maşinalaridan foydalanişga faol kirişdik. Paxtani qölda tergandan köra maşinada teriş ança afzal. Qölda terilgan bir kilo paxta uçun 800-1000 söm mablağ tölangan bölsa, maşinada terilgan paxtaning 1 kilosi 600 sömdan tuşdi.
Bundan taşqari, qöl terimida paxtani taşiş bilan boğliq va boşqa xarajatlarni hisobga olganda mexanizatsiyalaştirişning afzalligini barça fermerlar amalda körişdi», deya Nodir Otajonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Boş vazir maslahatçisi ayni paytda neça foiz paxta maşinada terilayotgani, qaçon paxtani töliq maşinada terişga ötilişiga oydinlik kiritdi.
«Hozirgi kunda Sirdaryo misolida aytadigan bölsak, qariyb 20 foiz paxta maşinada terilmoqda. Respublika miqyosida hali hamma mexanizatsiyalaş töliq yölga qöyilgani yöq. Bu yil Namangan, Andijon, Jizzax, Sirdaryo, Qaşqadaryo, Samarqand va Toşkent viloyatlarida paxta terişda maşinalardan faol foydalanildi. Bu tizim takomillaşib boradi. Mana 2020 yildan Toşkent, Sirdaryo, Jizzax va Qaşqadaryo viloyatlarida paxtani maşinada teriş hajmini 50 foizga, kelgusi yillarda esa 80 foizga kötariş böyiça aniq vazifalar yuklatilgan. Bu böyiça hozir tizimli iş olib borilyapti», degan Nodir Otajonov Kun.uz muxbirining şu haqdagi savoliga javoban.
Eslatib ötamiz, avvalroq «Paxta maydoni agrofonini şakllantiriş va klaster asosida paxta xomaşyosini maşina orqali bir terimda yiğib oliş uçun texnik vositalarning tayanç töplamini işlab çiqiş» loyihasi uçun 3,3 mlrd söm ajratilgani, loyiha doirasida Özbekistonda xorijnikidan 3,5 barobar arzon paxta teriş maşinalari tayyorlanişi, buning uçun 11ta taşkilot mas'ul etib tayinlangani aytilgan edi.
Qişloq xöjaligi vazirligi boşqarma boşliği Qodir Ismoilov ayni paytda respublikada ekilgan ğöza hosilini terib oliş uçun jami 1500ta paxta teriş kombaynlari mavjudligi, bu umumiy paxta maydonlarining jami 3,5-5 foizida texnika kuçidan foydalangan holda paxtani terib oliş imkonini berişi, hukumat tomonidan işlab çiqilgan dasturga muvofiq 2025 yilga qadar mazkur körsatgiçni 35 foizga olib çiqiş rejalaştirilganini ma'lum qilgan edi.

















