Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Mahmudov va Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri, general-leytenant Pölat Bobojonovning Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatiga taşrifi amalga oşirildi.

Özbekiston Respublikasi IVV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, taşrif davomida Qoraqalpoğiston Respublikasining Nukus şahrida joylaşgan Içki işlar vazirligi tarkibidagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyini kapital ta'mirlaş böyiça işlab çiqilgan loyihalar bilan tanişildi. Binoning umumiy qiyofasini yaratişda mahalliy iqlim şaroitlarini hisobga oliş hamda milliylik jihatlariga alohida e'tibor qaratiş lozimligi ta'kidlandi.

Saf maydoniga Sohibqiron Amir Temur byustini örnatiş, zamonaviy axborot-resurs markazi va kutubxona taşkil qiliş,zaruriy adabiyotlar bilan boyitiş,öquvçilar tomonidan muntazam ravişda badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni öqiş tizimini işlab çiqiş, şuningdek, öquvçilarda musiqa, rassomçilik, adabiyot, teatr va boşqa san'at turlariga qiziqişni oşiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça tavsiyalar berildi.

Şuningdek, mehmonlar Şimoliy-ğarbiy harbiy okrugga qaraşli harbiy qismda bölib, ixtisoslaştirilgan öquv kurslarining borişi bilan yaqindan tanişib, xodimlar bilan suhbatlaşdilar.

Qoraqalpoğiston Respublikasi IIVda yangi taşkil etilgan vaziyatlar markazi ham taşrif iştirokçilarida qiziqiş uyğotdi. Mazkur markazdan turib Nukus şahrining maydon va xiyobonlari, istirohat boğlari, köngiloçar maskanlari, bozor va bekatlarga örnatilgan 255 ta videokuzatuv kameralari orqali kuzatiş imkoni yaratilgan. Şundan 10 ta intellektual videokuzatuv kameralari orqali qidiruvdagi jinoyatçilarni tanib oliş mumkin bölsa, 40 ta kamera orqali avtoulovlarning davlat raqam belgilarini tekşiriş va ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlarini aniqlaş mumkin.

Bundan taşqari, 10 ta joyga örnatilgan maxsus aloqa vositalari orqali fuqarolar turli murojaatlar böyiça tezkor navbatçi bilan bevosita boğlanişi yölga qöyilgan.

Taşrif iştirokçilari Milliy gvardiya maxsus batalonining yangi şaharçasi, Mudofaa işlari boşqarmasiga qaraşli mutaxassislarni tayyorlaş markazi, Berdaq nomidagi kino-konsert zali, Nukus şahrida bunyod etilayotgan Prezident maktabi hamda Orolböyi mintaqasi bolalari uçun reabilitatsiya markazi hisoblangan “Imkon” maktabgaça ta'lim davlat muassasasiga ham taşrif buyurib, uşbu maskanlardagi quriliş va bunyodkorlik işlari bilan ham yaqindan tanişdilar.