Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAdan Panamaga yo‘l olgan tanker kutilmaganda Eron tomonga yo‘l oldi va g‘oyib bo‘ldi
BAAdan yo‘lga chiqqan Riah tankeri bir necha kun avval Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tganidan so‘ng Eron tomonga yo‘l olgan, so‘ngra qayerda ekanligi to‘g‘risida ma'lumot uzatishni to‘xtatgan, deb xabar berdi Associated Rress.
Agentlikning qayd etishicha, Panama bayrog‘i ostida yo‘lga chiqqan ushbu tanker bilan nima yuz bergani uch kundan buyon noma'lumligicha qolmoqda.
Xabar qilinishicha, Riah tankeri odatda Dubay yoki Sharjadan yo‘lga chiqib, Ho‘rmuz bo‘g‘ozini kesib o‘tar va Al-Fujayrada langar tashlardi.
May oyida BAA tashqi ishlar vaziri mamlakat hududiy suvlari yaqinida to‘rtta tankerga hujum qilinganini ma'lum qilgandi.
13 iyun kuni Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yaqinida yana ikkita tankerga hujum uyushtirildi. Bu hujumlar ortida Eron turgani taxmin qilindi, ammo Tehron bu ayblovlarni rad etdi.
Mavzuga oid
22:44 / 01.07.2026
BAA mulkiy tengsizlik darajasi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026