Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen öz lavozimidan ketişini e'lon qildi. U bu haqda tvitterda ma'lum qildi.
“Ertaga men Yevropa parlamenti işonçini qozonmoqçiman. Ovoz beriş natijasi qanday bölişidan qat'iy nazar, men bor kuçimni Yevropaga xizmat qilişga yönaltiriş uçun 17 iyulda mudofaa vaziri vakolatlarini topşirmoqçiman”, deb ma'lum qilgan siyosatçi.
Fon der Lyayyen Yevropa komissiyasi raisi lavozimi uçun ilgari surilgandi. U bu lavozimni egallaşi uçun uning nomzodini Yevroparlament tasdiqlaşi lozim.
23-26 may kunlari Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlarning barçasida Yevropa parlamentiga saylovlar bölib ötgandi. Uning natijalariga köra Yevropa Ittifoqi yetakçilari Yevroparlament rahbariyatidagi muhim lavozimlarga nomzodlar böyiça kelişib olişgan va Yevrokomissiya rahbari lavozimiga 60 yoşli fon der Lyayyen nomzodi ilgari surilgan.

















