Bugun, 15 iyul kuni «Xalqaro press klub»ning navbatdagi sessiyasi bölib ötdi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisida» Farmoniga bağişlangan bu anjumanda farmonga doir özgarişlar tuşuntirib berildi, savollarga javoblar olindi.
Farmonda 2019 yil 1 avgustdan boşlab ikkinçi guruh nogironligi bölgan şaxslarning nogironlik pensiyalari eng kam miqdori yoşga doir eng kam pensiyaning 50 foizdan 75 foizga oşirilişi belgilangan.
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi direktori örinbosari Şuhrat Davronov şu va boşqa masalalar yuzasidan izoh berdi.
«Farmonga asosan ikkinçi guruh nogironiga pensiyalarning eng kam miqdori oşirildi, ya'ni eng kam miqdor deganimizda ilgari yoşga doir minimal pensiyaning 50 foizi ikkinçi guruh nogironining minimal pensiyasi edi. Endi öşa 50 foizlik minimal miqdor 75 foizga oşirildi», deya pensiya jamğarmasi direktori örinbosari sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
«Farmongaça ikkinçi guruh nogironlarining yoşga doir pensiyalari 396 500 söm bölgani holda uning 50 foizi 198 250 söm edi. Endilikda bu 436 150 sömga kötarilgani holda, uning 75 foizi 327 113 sömni taşkil etyapti», deb qöşimça qilgan budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi mutaxassisi.
Şuningdek, farmonda 2-guruh nogironligi bölgan yolğiz şaxslarning pensiyalari ustama miqdori eng kam iş haqining 50 foizidan 75 foiziga oşirilişi aytilgandi. Şu böyiça mutaxassis aniqlik kiritib ötdi.
«2-guruh yolğiz nogiron şaxslar pensiya ustamasi eng kam iş haqining 50 foizi edi. Endilikda aynan öşa ustama miqdori 75 foizga oşirildi. Farmonga qadar ustama miqdori 111 000 söm bölgan bölsa, bu endi 165 000 sömni taşkil etadi», degan u.
Şu bilan birga, yana bir özgariş haqida ma'lumot berildi.
«Birinçi guruh nogironlik nafaqasi va birinçi guruh nogironlik böyiça 16 yoşdan katta bolalikdan nogiron fuqarolarga birinçi marta qöşimça tölov joriy etilyapti. Bu tölov eng kam oylik iş haqining 25 foizida böladi, ya'ni 55 570 söm. Bu har oylik nafaqa miqdorlariga qöşimça sifatida joriy etiladi», degan mutaxassis.
















