Pokiston sobiq bosh vaziri korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olindi
Pokiston sobiq bosh vaziri Shahid Abbosiy korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi, deb xabar berdi Doon gazetasi.
Xabarda aytilishicha, Abbosiy bugun korrupsiya ishi bo‘yicha sudda so‘roq qilinishi kerak edi. U sudga kelmagani sababli Pokiston korrupsiyaga qarshi kurash sudi Abbosiyni sudga olib kelish uchun hibsga olish to‘g‘risida order berdi.
"Shahid Abbosiy barcha tergov harakatlari yakunlanishi uchun qancha vaqt lozim bo‘lsa, shuncha vaqt hibsda saqlanishi bo‘yicha qaror qabul qilinishi uchun sudga topshiriladi", - deyiladi orderda.
Pokiston sobiq bosh vaziri 2013 yilda davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunni chetlab o‘tib suyultirilgan gazni import qilish bo‘yicha shartnoma tuzishda gumonlanmoqda. Abbosiy o‘sha vaqtda neft va tabiiy resurslar vaziri bo‘lgan. U shuningdek, 2017 yil avgustdan 2018 yil iyungacha Pokiston bosh vaziri lavozimini egallagan.
Mavzuga oid
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
21:39 / 08.11.2024