Özbekiston xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov jurnalist Kirill Altmanga bergan intervyusida mamlakatda ta'lim sifatini yaxşilaşga e'tibor qaratilayotgani haqida gapirdi.

«Mustaqil Özbekiston tarixida ilk bor maktab ta'lim sifatini yaxşilaş va 2030 yilga kelib PISA körsatkiçlari böyiça reytingda eng yuqori öttiztalikka kirişni oldimizga maqsad qilib qöyganmiz. Nima uçun bunday yuqori maqsadni qöydik. Yuqori maqsad bölmasa harakat bölmaydi. Nima uçun PISA? Çunki u ta'lim sifatini baholaş xalqaro tizimi hisoblanadi. Şunça yildan beri iş olib boramiz, lekin heç qaçon ta'lim sifatini boşqa davlatlarning ta'lim sifati bilan soliştirmaganmiz. Qaçonki ta'lim sifatini xolisona ölçaydigan milliy tizim bölmasa va biror-bir xalqaro tizimga kirmasa, ta'lim sifati haqida qanday mulohaza yuritiş mumkin?», dedi u.

Şermatovning fikriça, Özbekistonda ta'lim sifatini baholaşning milliy tizimi mavjud emas.

«Mana bu maktabda ta'lim beriş boşqa maktabdagiga nisbatan yaxşi deganimizda, bu judayam sub'yektiv hisoblanadi, çunki bizda ta'lim sifatini baholaşning obektiv tizimi yöq. 

Afsuski, xorijga işga borayotgan hamyurtlarimiz hattoki öz familiyasini yoza olmasligi yoki rus tilida sözlaşa olmasligi haqidagi gaplarni eşitib qolamiz. Bu ham afsuski, öşa öqituvçilari bahorda ham, kuzda ham dalada bölgan ta'lim tizimining oqibatidir», deya fikr bildirdi xalq ta'limi vaziri.