Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov jurnalist Kirill Altmanga bergan intervyusida lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga ötiş borasida fikr bildirdi.
«Töğrisini aytganda, men bunga qarşiman. Lotin alifbosini isloh qilişning keragi yöq. Bizning lotin yozuviga töliq ötmaganligimiz uning mukammal emasligidanmas. Agar istasak şundoq ham ötişimiz mumkin edi. Hattoki qandaydir ekspertlar taklif qilayotgan bir neçta belgini qabul qilgan taqdirimizda ham lotin alifbosiga töliq ötişimizga kafolat yöq. Ammo mana şu bir neçta belgini qabul qiliş barça darsliklarni boşqatdan naşr qilişga olib keladi. Bu — milliardlar degani. Va biz yana bir neça avlodni yöqotamiz.
Men «aytiçi» (IT) sifatida ortiqça harflarga qarşiman. Ya'ni, standart inglizça klaviatura bor. Mana şu klaviatura doirasida işlaş kerak. Agar juda sodda qilib aytadigan bölsak. Tamom. Bizda esa albatta turkça belgilar, yana nimadir qöşişadi. Buning nima keragi bor?», deydi vazir.
Bundan avvalroq Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti huzurida iş olib borgan lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini isloh qiliş böyiça işçi guruhning xulosalari taqdim etilgan, unga köra 4ta harf (Oʻ, Gʻ, Ch va Sh) özgargan, bitta harfdan (ng) voz keçilgandi.

















