Abituriyent DTM ruxsatnomasini qanday olishi mumkin?

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduxakimov feysbukdagi sahifasida DTM ruxsatnomasini olish tartibi haqida ma'lumot berdi.
Test sinovlarida ishtirok etish uchun «Abituriyent ruxsatnomasi»ni tarqatish 2019 yil 20 iyuldan boshlanadi.
«Abituriyent ruxsatnomasi»ni tarqatish quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Abituriyentlar 20-29 iyul kunlari Internet orqali DTM www.dtm.uz rasmiy veb-saytining «Ruxsatnomani chop etish» bo‘limidagi maxsus oynaga pasport (yoki tug‘ilganlik guvohnomasi) seriyasi va raqamini kiritadi.
Ekranda paydo bo‘lgan «ABITURIYeNT RUXSATNOMASI» va «ABITURIYeNTGA ESLATMA»ni chop etib oladi.
2. www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan ruxsatnomasini 22 iyulgacha olmagan kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar 23-26 iyul kunlari quyidagi muassasalarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin:
✓ yashash joyidan qat'i nazar, ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;
✓ yashash joyidan qat'i nazar, ixtiyoriy OTM qabul komissiyalari;
✓ yashash joyidan qat'i nazar, ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari.
Ushbu tashkilot xodimlari www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib bo‘yicha «Abituriyent ruxsatnomasi»ni abituriyentga chop etib beradi.
3. DTMning www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan ruxsatnomasini 25 iyulgacha olmagan sirtqi va kechki ta'lim shakllari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar 26-29 iyul kunlari quyidagi muassasalarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin:
✓ yashash joyidan qat'i nazar ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;
✓ yashash joyidan qat'i nazar ixtiyoriy OTM qabul komissiyalari;
✓ yashash joyidan qat'i nazar ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari.
Ushbu tashkilot xodimlari DTMning www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib bo‘yicha «Abituriyent ruxsatnomasi»ni abituriyentga chop etib beradi.
Ruxsatnomalar barcha tashkilotlar tomonidan bepul chop etilib, tarqatiladi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin birinchi marta Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 10:34
-
O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga o‘rik danagi mag‘zi eksporti yo‘lga qo‘yildi
Iqtisodiyot | 10:24
-
Fitch 2025 yildagi global iqtisodiy o‘sish prognozini ikki foizgacha pasaytirdi
Iqtisodiyot | 10:21
-
Buxoroda xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jamiyat | 09:47
Mavzuga oid

15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi

15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

15:01 / 21.09.2023
Maksimal ball to‘plab kontraktga kirgan talabalar grantga o‘tkaziladi

08:22 / 12.09.2023