2019 yilning 18 iyul kuni Namangan viloyati Çortoq tumani “Boğiston” MFY Özbekiston köçasi 5-uyda gaz va havo aralaşmasining çaqnaşidan yonğin sodir bölgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi xabar qilmoqda.
Yonğinga 3 ta yonğin öçiriş bölinmasi jalb etilgan. Voqea joyiga yetib borgan yonğin öçiruvçilarning tezkor harakatlari natijasida yonğin bartaraf etilgan va yonğindan uyning 120 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Yonğin oqibatida uyning 60 kv.metr maydonda tomi, şifti va içki jihozlari yonib zararlangan.
Hodisaning kelib çiqiş sababi yuzasidan dastlabki suriştiruv işlari olib borilganda uydagi maişiy gaz ballonidan foydalaniş qoidalarining buzilişidan gaz va havo aralaşmasining çaqnaşi yuzaga kelgan va natijada uy egasining 2005 va 2008 y.t. farzandlari kuyiş tan jarohati olib, şifoxonaga olib ketilganligi ma'lum bölgan. Bolalarning ahvoli qoniqarli.
Yonğindan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

















