O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bolalarni maktabga qabul jarayonini yanada takomillashtirish, jumladan ixtiyoriy pullik to‘lovni butunlay bekor qilish bo‘yicha takliflar ko‘zda tutilgan «Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
«Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi qarori bilan «Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti» tasdiqlangan. Ma'muriy reglament ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari, internet tarmog‘i hamda jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ushbu ma'muriy reglamentga muvofiq, joriy yilning 21 iyunidan boshlab, Toshkent shahrining 81ta umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 1-sinfiga bolalarni davlat xizmatlari markazi orqali qabul qilish jarayonlari boshlandi. Shu kunga qadar (20.07.2019 y) 3330 nafar bola biriktirilgan mikrohudud doirasida ushbu 81ta davlat umumta'lim maktablariga tegishli yo‘llanmalar asosida korrupsiyasiz qabul qilindi.
Ta'kidlash joiz, ayni vaqtda bolalarni maktabga qabul qilishning yangicha, zamonaviy, shaffof, aholiga qulay bo‘lgan, eng muhimi, korrupsiya holatlari oldini olishga qaratilgan tizim joriy etilmoqda. Uning afzalliklari haqida Xalq ta'limi vazirligining rasmiy veb-saytida, feysbuk sahifalarida hamda boshqa ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot va tushuntirishlar berib borilmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda ma'muriy reglamentni o‘zgartirish yuzasidan ko‘plab taklif va mulohazalar bildirilmoqda.
Mazkur takliflar asosida Xalq ta'limi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ma'muriy reglamentga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qaror loyihasini tayyorladi. Ushbu loyiha keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmoqda. Loyihaga faol munosabatingizni bildirishingizni so‘raymiz.
Ma'muriy reglamentga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Qo‘shimcha kvota quyidagilarga ajratilishi belgilanmoqda:
1) mikrohududda doimiy propiska asosida yashayotgan fuqarolarning tegishli yilning 1 sentyabriga qadar 6 yoshga to‘ladigan bolalariga;

















