Internetda Buxoro viloyatida 20 iyul kuni kuzatilgan katta yonğin videolari va suratlari tarqaldi.
Yorqin alanga qariyb bir soatdan beri yoğdu taratib turibdi. Kun.uz suriştiruviga köra, Şofirkon tumanining çölli zonasidan ötgan gaz quvurida avariya sodir bölib, tabiiy gaz yonmoqda.
Hozirça bu borada biror rasmiy ma'lumot e'lon qilinmadi. «Öztransgaz» AJdagi manba gaz quvurida yonğin kelib çiqqanini inkor etmagan, faqat heç qanday portlaş yuz bermagani, şunçaki gaz sizib çiqib alanga olganini, vahima uçun asos yöqligini ma'lum qilgan.
Kun.uz mazkur voqea yuzasidan rasmiylarga murojaat qildi, tez orada rasmiy axborot berilişi kutilmoqda.

















