Buxoroda yuz bergan yonğin yuzasidan «Öztransgaz» AJ rasmiy ma'lumot tarqatdi.
«Bugun mahalliy vaqt bilan soat 21:50 da «Gazli – Çimkent» magistral gaz ötkaziş quvurining 76-kilometrida avariya röy bergan. Avariya natijasida yonğin kelib çiqqan.
«Ayni paytda yonğin tegişli xizmatlar va ekspluatatsiya qiluvçi personalning kuçlari bilan lokalizatsiya qilingan. Qurbonlar va jabrlanganlar yöq. Avariyaviy tiklaş işlari olib borilmoqda», — deyiladi «Öztransgaz» Ajning Kun.uz ga yetkazilgan rasmiy axborotida.
Kun.uz’ manbasining qöşimça ravişda ma'lum qilişiça, Samarqand viloyati «Zirabuloq» DKSga qaraşli diametri 1200 mm bölgan «Gazli – Çimkent» magistral gaz ötkaziş quvurining 76-kilometrida gaz sizib çiqqanligi sababli u yorilgan. Hozirda quvurda gaz bosimi 34–35 atmosferani taşkil etmoqda.

















