Bojxona organlari mamlakatimiz çegaralari orqali giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib ötilişi ustidan bevosita nazoratni amalga oşiradi.

Kuni keça Buxoro viloyati bojxona boşqarmasi “Olot” çegara bojxona posti xodimlari respublikamizga olib kirilişi taqiqlangan perekursorni öz vaqtida töxtatib qolişdi.

Foto: Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati

Unda xorijdan mamlakatimizga kirib kelayotgan yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan ötkazilganda, mazkur avtoulov kabinasining içki qismida 30 litrlik yelim idişda ötkir hidli, rangsiz suyuq modda borligi aniqlandi.

Olib borilgan tekşiruvlar natijasida mazkur aşyoviy dalilning xlorid kislotasi ekanligi öz isbotini topdi.

Ayni vaqtda holat yuzasidan tekşiruv işlari amalga oşirilmoqda.