Hongkongda minglab odamlar ekstraditsiya haqidagi qonunga qarşi norozilik namoyişiga yiğilişdi. Ulardan ba'zilari Xitoy hukumati devonxonasi ofisiga tuxumlar uloqtirişgan, deb xabar berdi South China Morning Post naşri.

Ta'kidlanişiça, niqoblarda bölgan ba'zi namoyişçilar ofis va politsiya bölimi binolarini böyoqlar bilan bejaşgan. Ma'lumotlarga köra, Xitoy hukumati ofisi hukumat tomonidan ruxsat berilgan namoyiş yönalişi taşqarisida joylaşgan. 

Naşrning xabar berişiça, namoyişçilar politsiya harakatlarini, aynan uning namoyişçilarga kuç qöllaşini tergov qilişni talab qilişgan. Ma'lum qilinişiça, namoyişda 430 ming kişi iştirok etgan.

Politsiya xodimlari namoyişçilarga qarşi közni yoşlatuvçi gaz qöllaşgan. Öz navbatida namoyişçilar politsiyaçilarga qarata şişa idişlar va tutun şaşkalari uloqtirişgan.

Avvalgi yakşanba, 14 iyuldagi norozilik aksiyasi politsiya bilan töqnaşuvlar va tartibsizliklarga aylanib ketgandi. Oqibatda önlab odam jarohat olgan va 40 dan köproq namoyişçi hibsga olingan. 

Hongkong hukumati iyun örtasida Xitoyga ekstraditsiya qiliş haqidagi qonun loyihasi qörib çiqilişini keyinga qoldirgan. Keyinroq Hongkong rahbari Kerri Lem hukumatning qonun loyihasini boşqa körib çiqiş rejasi yöqligini ma'lum qilgan.