Janubiy Koreya politsiyasi velosipedlarni öğirlab, öz davlatiga eksport qilmoqçi bölgan çet ellik talabalarni qölga oldi. Bu haqida Yonhap yangiliklar agentligi xabar bermoqda. 

Çonjudagi politsiya bölinmasi joriy yilning 19 iyulida 29 yoşli Qirğiziston fuqarosi va 23 yoşdagi 2 nafar özbekistonlik talaba ikki-uç hafta davomida 34 ta velosipedni öğirlaganini ma'lum qildi.  

Politsiya xodimlarining xabar berişiça, ular şahardagi köp qavatli uylar va yotoqxonalar oldida joylaştirilgan velosipedlarni öğirlaşgan va ularni taşiş uçun maxsus yuk maşinasidan foydalanişgan.

Birinçi navbatda politsiya xodimlari jabrlanuvçilarning arizasi asosida tergovni boşlab, kuzatuv kameralari (CCTV) orqali voqeani tahlil qilişgan. 

Qirğiziston fuqarosi velosipedlarni öz mamlakatiga eksport qilmoqçi bölganligini tan oldi. 

Ayni damda politsiya öğirlangan barça velosipedlarni qidirişda va bu işga aloqador şaxslarni qölga olişda davom etmoqda. 

Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda Janubiy Koreyada yaşaydigan hamyurtlarimiz orasida katta muhokamaga sabab bölmoqda. Köplab yurtdoşlarimiz bunday uyatli holat Koreyada köp takrorlanişini afsus bilan tan olişgan bölsa, yana aksariyat özbeklar bu kabi xunuk işlarni amalga oşirgan fuqarolar millatimiz şa'niga doğ tuşirayotganini qayd etgan. Şuningdek, köpçilik Janubiy Koreya eng xavfsiz davlatlardan biri ekanligi, u yerda kuzatuv kameralari tun-u kun işlaşini ma'lum qilgan.