Jahon | 07:47 / 24.07.2019
14613
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda 1972 yilgi Nike krossovkasi rekord narxga sotildi

Foto: AP Photo / Ted Shaffrey

Sotheby's auksonida 1972 yilgi Nike krossovkasi 437,5 ming dollarga sotildi. Bu narx bir juft krossovkalar uchun yangi jahon rekordi hisoblanadi. Bu haqda auksion uyi saytida ma'lum qilindi.

Moon Shoe krossovkasi Nike ta'sischilaridan biri va yugurish bo‘yicha murabbiy Bill Bauerman tomonidan Myunxenda o‘tgan 1972 yilgi yozgi Olimpiadada ishtirok etuvchi yuguruvchilar uchun yaratilgan. Hammasi bo‘lib bunday poyabzaldan 12 juft yaratilgan.

Sotheby's’ning ta'kidlashicha, dastlab krossovka 160 ming dollarga baholangan. Sport poyabzalini kolleksioner Mayls Nadal xarid qilgan, u krossovkani o‘zining xususiy muzeyiga avtomobillar kolleksiyasi bilan birga tomoshaga qo‘yishni rejalashtirgan. 

Mavzuga oid