Daxlsizlik huquqi va Qirğizistonning sobiq prezidenti maqomidan mahrum etilgan Almazbek Atamboyev Rossiyaning Kant harbiy bazasidan xususiy samolyotda Moskvaga uçib ketdi.
Avvalroq Atamboyev döstlari taklifiga köra Moskvaga bormoqçiligini va 25 iyul kuni qaytişini e'lon qilgandi. U kim bilan uçraşişni rejalaştirganini ma'lum qilmagan.
Sotsial-demokratik partiya vakili Kunduz Joldubayevaning ijtimoiy tarmoqda xabar qilişiça, Atamboyevni olib ketiş uçun Rossiyadan RusJet aviakompaniyasining RRJ-95B maxsus borti kelgan.
Sobiq prezidentni 300ga yaqin tarafdorlari kuzatib qöygan. Atamboyevga uç nafar parlament deputati va sotsial-demokratik partiya siyosiy kengaşining ikki a'zosi hamrohlik qilmoqda.
Qirğiziston parlamenti Almazbek Atamboyevni 27 iyun kuni daxlsizlik huquqi va sobiq prezident maqomidan mahrum qilgandi.

















