23 iyul kuni rossiyalik boksçi Maksim Dadaşev AQŞdagi şifoxonada vafot etdi.

20 iyul kuni u Okson-Hill şahrida puertorikalik Subriyel Matias bilan ringga çiqdi. Ammo juda köp zarba ötkazib yuborgani sababli, uning sekundantlari jangni 11-raundda töxtatişga majbur bölişdi. Bungaça murabbiy Baddi Makgirt boksçini taslim bölişga uzoq vaqt mobaynida köndirişga harakat qilgan edi.

Jangdan keyin boksçi özini yomon his qildi. Şifoxonada unga miyaning oğir şişi taşxisi qöyildi. Şu sababli boksçi 2 soat davomida operatsiya qilindi. Şişni yöqotiş uçun boksçi boş suyagining bir qismini olib taşlaşga töğri kelgan. Keyinroq sportçi medikamentoz koma holatiga tuşirildi. 23 iyul kuni esa 28 yoşli boksçi huşiga kelmasdan vafot edi.

Dadaşev professional boksda 2016 yilda debyut qilgan. U Matias bilan janggaça birorta mağlubiyatsiz qatorasiga 13 ta ğalabani qölga kiritgan. Peterburglik sportçi barça janglarini AQŞda ötkazgan.