So‘nggi paytlarda keng jamoatchilik orasida go‘sht narxlarining ko‘tarilishi bilan bog‘liq vaziyat faol muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur masala yuzasidan ommaviy axborot vositalarida maqolalar e'lon qilinishi, tematik ko‘rsatuvlarning efirlarga uzatilishi, ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralar olib borilishi shular jumlasidan. Bunday munozaralarda har bir tomon masala yuzasidan o‘z fikrlarini yoki qarashlarini bildirishga haqlidir.

Ushbu masalani tartibga solishga ko‘mak berish va obektiv nuqtai nazarni shakllantirishga yordam berish uchun Davlat statistika qo‘mitasi quyidagilarga oydinlik kiritdi:

Bozor iqtisodiyotining asosiy qoidalaridan biri bu – hukumat rasmiylarning bevosita aralashuvisiz erkin narxlarning shakllanishidir. Bozor sharoitida narxlar talab va taklif qonuniyati asosida shakllanishi kerak. Istisno tariqasida monopolist korxonalar mahsulotlari va ba'zi hayotiy zarur bo‘lgan mahsulotlar narxlari ehtimoldan holi bo‘lishi mumkin (masalan, ba'zi dori-darmonlar va boshqalar).

Bozor sharoitida narx belgilash ikki tomonning ishtirokini o‘z ichiga oladi: talab tomoni (iste'molchilar) va taklif tomoni (sotuvchilar). Ushbu vaziyatda talab va taklifning kesishish nuqtasi muvozanatli bozor bahosi bo‘lib hisoblanadi. Narxlarning aniqlanishidagi bunday yondashuv nafaqat go‘sht mahsulotlariga, balki boshqa mahsulotlarga ham tegishlidir. Oddiy misol: saqlash uchun bardoshli bo‘lmagan mahsulotlar narxi shular jumlasidandir (pomidor, rezavorlar va boshqalar). Kun davomida bir nafar sotuvchida aynan bir turdagi mahsulot narxlari sezilarli darajada tebranishi mumkin. Shunday qilib, ertalabki va kun davomidagi narxlar kun oxiridagi narxlarga nisbatan yuqoriroq bo‘lishi mumkin («kechki bozor»).

Narxlarni qat'iy nazorat qilish maqsadida «yuqoridan belgilangan» narxlar (masalan, mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan) iqtisodchilarning xulosalariga ko‘ra bozordagi narxlar bo‘yicha vaziyatni keskinlashtirishga va ular orasidagi nomutanosiblikni vujudga keltiradi yoki kuchaytiradi. Masalan, avtomobillar uchun taklif etiladigan yuqori narxlar unga bo‘lgan talabni narxlarning arzonlashishiga qadar sezilarli darajada pasaytirishi mumkin bo‘lsa, ijtimoiy muhim ahamiyatga ega tovarlar (shu jumladan, go‘sht mahsulotiga ham) borasida davlatning vazifasi – bozorda arzon narxlar taklifini ta'minlashga harakat qilishdir.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, asosiy turdagi ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlarning narxlari holati to‘g‘risida hukumat idoralari hamda keng jamoatchilikni tezkor ravishda xabardor qilish maqsadida, statistika organlari tomonidan iste'mol bozorida narxlar monitoringi amalga oshiriladi.