O‘zbekiston mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Yer qa'rini geologik jihatdan o‘rganishni yanada takomillashtirish va 2020-2021 yillarda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qayd etilishicha, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb etgan holda, zamonaviy xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani joriy qilishni hisobga olib O‘zbekiston Respublikasi mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilgan.
Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,“Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJ bilan birgalikda ishlab chiqilgan, konlarni topishni davom ettirish uchun qidiruv zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlarini qidirishni 2020 yilda 35 foizga, 2021 yilda esa 40 foizga yetkazishni nazarda tutuvchi va quyidagilarni o‘z ichiga olgan 2020-2021 yillarda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturi ma'qullandi:
respublikaning geologik-iqtisodiy hududlari kesimida foydali qazilmalar prognoz resurslari va zaxiralari o‘sishining yig‘ma parametrlari;
yer osti suvlari zaxiralarining o‘sish parametrlari;
Davlat geologiya qo‘mitasining geologiya tashkilotlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish uchun xarid qilinadigan zamonaviy geologiya asbob-uskunalari va maxsus texnika vositalari, dasturiy mahsulotlar va materiallar ro‘yxati.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat dasturini amalga oshirish uchun budjet ajratmalari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Davlat geologiya qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligidagi maxsus maqsadli hisob raqamlaridan ajratilishini ko‘zda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash bo‘yicha yillik davlat dasturlarini kelishish jarayonida Davlat dasturini amalga oshirish uchun Davlat geologiya qo‘mitasiga ajratiladigan mablag‘lar manbalariga aniqlik kiritish huquqi berildi.
Geologiya-qidiruv ishlarini olib borishni yanada takomillashtirish, yer qa'rini oqilona o‘rganish va o‘zlashtirish, shuningdek, kon-geologiya sohasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024
Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi
07:15 / 24.07.2024