Prezident Qaşqadaryo viloyati hokimining birinçi örinbosarini işdan olişga körsatma berdi

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 23 iyul kuni kiçik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantiriş masalalariga bağişlab ötkazilgan videoselektor davomida Qaşqadaryo viloyati hokimi birinçi örinbosari va viloyatning boş soliqçisini işdan oliş böyiça körsatma berdi.

«Bular qança gapirişimizga qaramasdan olib borilayotgan işlarni tuşuna olmayapti va tuşunişni xohlamayapti.

Röziyev (Qaşqadaryo viloyati hokimi Zafar Röziyev - tahr), soliqçingniyam, birinçi muoviningniyam bugunning özida işdan olib taşla», degan prezident.

Ma'lumot uçun, 2016 yildan buyon Xurram Abdurazaqoviç Jörayev Qaşqadaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari hisoblanadi.

Qaşqadaryo viloyati davlat soliq boşqarmasiga esa 2019 yil martidan buyon Ravşanjon Azimoviç Nasimov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Ravşanjon Nasimov