Qaşqadaryoda fermerlar vakillariga kişan taqildi va ular avtobusga qamab qöyildi: Guvohlar voqea tafsilotlarini hikoya qilişdi
|00:59 / 24.07.201999 62814 min
Qaşqadaryo viloyatining Kasbi tumanida «Novot Niyoz» fermer xöjaligi faoliyat körsatib kelmoqda. Uning rahbari, 45-50 yildan buyon çorvaçilik bilan şuğullanib kelayotgan Akram Novotov bugungi kunda qator tösiqlarga duç kelmoqda. Buning öziga xos sabablari bor. Tuman Içki işlar boşqarmasi boşliği Çori Köçarov fermerga nisbatan öta haqoratli munosabatda bölyaptiki, bu bir fuqaroni kamsitiş, xusumat saqlaşga aylanib qolgan.
50 daraja issiqda avtobusga qamalgan fermerlar
Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqda Kasbi tumani fermerlari seminarga deb dala maydoniga yiğilgani, keyin ularning orasidagi 10dan ortiq kişi IIB avtobusiga solib olib ketilgani, bu xuddi jinoyatçilarni uşlaşga öxşaş operatsiyaga öxşab ketişi haqidagi xabarlar tarqaldi.
«Novot Niyoz» fermer xöjaligi rahbari Akram Novotov ham uşbu seminarga çaqirilgan, lekin u seminarga öz örniga iş boşqaruvçisi Farrux Döstmurodovni yuborgan.
«Menga 14 iyul kuni sobiq «Qaşqadaryo» xöjaligi hududida tuman IIB boşliği Çori Köçarov seminar ötkazişi, unga barça kelişi kerakligini ma'lum qilişdi. Öşa kunlari tobim yöq edi. Ammo şunday bölsa-da kundalik fermerlik işlari bilan band böldim. Seminarga esa örnimga iş boşqaruvçim Farrux Döstmurodovni jönatdim. Çunki unga işonaman, mutaxassisligi böyiça, qişloq xöjaligi sohasida ilmi yetarli.
Ammo IIB boşliği «Akromning özi yetib kelsin, agar mazasi bölmay yotgan bölsa, «skoriy» maşinasi boradi. Öşanda kelsin...», deb baqirgan. Men qanday bora olardim axir? Öşa kuni, ya'ni 14 iyul kuni havo juda issiq, 50 darajaga yetgan edi. Yana qoq peşin payti. Bu atayin uyuştirilayotgani ma'lum edi...», deydi bu haqda fermerning özi.
Akrom Novotovning iş boşqaruvçisi Farrux Döstmurodov öşa yerda bölgan voqealar haqida gapirib berdi.
«Men «Novot Niyoz» fermer xöjaligining qonuniy iş boşqaruvçisiman. Bu böyiça yetarli hujjatlar rasmiylaştirilgan. Öşa kuni seminarga borganimda tuman IIB boşliği Çori Köçarov «Sen seminarda qatnaşmaysan, fermerni topib kel, uning özi kelsin», dedi. Men unga fermerning qonuniy iş boşqaruvçisi ekanligim, barça seminarlarda iştirok etib kelişimni aytsam ham rozi bölmadi. Öşa kuni mahbuslar taşiydigan maxsus maşina («zekovoz») dalaga olib kelingan ekan. Nazarimda, fermerlarni şu maşinaga solib ketiş niyatlari bölgan», deydi u.
Mavzuga oid
Ma'lumotlarga köra, 14 iyul kuni dalada ötkazilgan seminarda 58ta fermer xöjaligi rahbarlari çaqirilgan. Şundan 3tasi - «Rajabboy ota», «Pandiron jilosi» va «Novot Niyoz» fermer xöjaligidan heç kim bormagan, deb qayd etilgan (Aslida «Novot Niyoz» f/x vakili Farrux Döstmurodov seminarga borgan). «Jörayev Kamoliddin», «Jörayev Elyor», «Quyili qizi Muyiba», «Muhammadjon Şahzodoviç», «Novotov Ali Novotoviç», «Otiboyev Töyçi», «Sardor Şerdor», «Toşev Loçin», «Ötkirbek Toşkev», «Husan Hamzayeviç» va «Eşqulov Nurbek Öktamoviç» fermer xöjaliklari vakillari avtobusga çiqarilib, tuman IIBga olib ketilgan.
«Jiyanim videoga olib, barça ma'lumotlarni yozib olayotganini sezgan içki işlar xodimlari keyinçalik ularni oq avtobusga solib, olib ketişadi. Körgan guvohlarning aytişiça, ayrim fermerlarning qöliga kişan taqilgan. Fermerlar örniga borgan iş boşqaruvçilarni «öğit taşiysanlar» deb majburan uşlab turişgan. Tuman IIB boşliği «Dehqonçilikni senlarga özim örgataman. Buyruqni bajarmasang, har kuni mana şunday issiqda yiğilib, işlaysanlar. Bölmasa, hammaning boşiga qamoq jazosini solaman», deb qörqitgan», deydi Akrom Novotov.
Voqeaga guvoh «Jörayev Elyor» fermer xöjaligida mexanizator bölib işlaydigan, 14 iyul kungi seminarga uşbu fermer xöjaligi rahbari örniga borgan Elboy Isroiloviç Jörayev ham yuqoridagi voqeani hikoya qilib berdi.
«Fermer xöjaligida işlayotganimga 15 yil böldi. Yoşim 62da. Öşa kuni soat tonggi 4lardan kunduzgi soat 11 yarimlargaça işladim. Jiyanim telefon qilib, bugun seminar bor ekan, uydan maşinamni olib keling, deb iltimos qildi. Xullas, vaziyat taqozosi bilan örniga boradigan böldim. Borsam odamlar yiğilgan, «melisa»lar soni 30dan ziyod edi. Seminar soat 12:00da boşlandi. Tuman IIB boşliği uç qator saflanişimizni aytdi. Fermer rahbarlari örniga kelgan 13 kişi alohida ajratildi. «Paxtaga nega ikki marta suv quyding?», deb qöliga kişan solişdi. Yana ikki kişiga ham kişan urildi. Bizni avtobus içiga olib kirişdi. Eşikni yopib qöyişdi. «Novotov Akrom yerning tagidan bölsa ham yetib kelsin», degan buyruq böldi. Şundan söng, bizni Içki işlar boşqarmasiga olib borişdi. Barmoqlarimizdan iz olişdi. Ular nega bunday qilişadi? Rejalarni bajarsak, işimizni qilsak, avvalo, özimizning yuzimiz yoruğ böladi-ku?...», deydi u.
Doimiy bosimlar...
Tuman IIB boşliği 16 iyul kuni ham seminar ötkazgan va soat 6:00da ötkazilgan ikkinçi seminarga ham Akrom Novotov bormagan, örniga iş boşqaruvçisi Farrux Döstmurodovni jönatgan. Şundan keyin soat 10:30da IIB xodimlari fermerning oldiga kelişadi.
Internetda tarqalgan videoda IIBning bir neça xodimi Akrom Novotov bilan suhbatda nima uçun yerdan samarali foydalaniş böyiça dala seminariga bormagani haqida söraşgani, fermer ertalab dalada boşqa iş qilayotgani, şu sababli seminarga iş boşqaruvçisini jönatganini aytganini köriş mumkin.
Videoda xodimlar bu işlarni seminardan keyin qilsa bölmaydimi, deb söraşadi. Fermer xöjaligi rahbari esa kapalak qöyiş işini ertalabki salqinda bajariş lozimligini aytadi. IIB vakillari seminarda qatnaşiş — viloyat hokimi Zafar Röziyevning topşiriği ekani, fermer unda qatnaşa olmasa, tuman IIB boşliği Çori Köçarovdan ruxsat söraşi kerakligini ta'kidlaşadi.
«Uyimga ikkita maşinada içki işlar xodimlari, uçastka nozirlari, posbonlar kelişdi. Ularning taxminiy soni 10 nafar atrofida edi. Payqaganim - uç nafari içki işlar xodimi, beş nafari posbonlar formasida edi. Meni tuman IIBga olib ketmoqçi bölişdi. Men u yerga borgaç nima bölişini körganman. Hovlisida issiqda izğitib, ötirişga ham, ovqatlanişga ham qöymay, qiynab uşlab turişadi. Ularning harakatini videotasvirga olişni boşlaganimdan keyin, niyatlaridan qaytişdimi yoki boşqa narsani öylaşdimi, ortlariga qaytib ketişdi.
Aslida tuman rahbarlari tomonidan menga doimiy bosim böladi. Kunning istalgan vaqti, tungi soat 1 yoki 2 böladimi, farqi yöq, döq qilib, qöpol ohangda dalaga çaqirişadi. Yoki uyimga maşinada bir guruh bölib kelişadi, meni olib ketmoqçi bölişadi. Keçalari fermer xöjaligim ofisi joylaşgan joyda ularning kezib yurganini ham köp körganman. Bundan taşqari, MMTP raisiga telefon qilib, ustimdan bildirgi yozib berişlarini söraşgan. Bildirgini tuman IIB boşliği örinbosari Oybek Safarov olib qolgan», - deydi fermer.
Kun.uz tahririyatiga taqdim etilgan audioyozuvda Kasbi tuman IIB boşliği örinbosari Oybek Safarov bir neça marta tuman MMTP boşliği Sa'dullo Salamotovdan fermer Akrom Novotov ustidan bildirgi yozib berişini söragani körsatilgan.
«Menga nisbatan har tomonlama bosim bölişining yana bir isboti bor. Ğalla maydonini öriş vaqtida Çori Köçarovning Anvar degan yordamçisi keçasi soat 12 yarimlarda telefon qilib, dalaga çaqirdi. Qörqib bormadim. Şundan söng keçasi soat 1:36da yana qönğiroq qilib, tezda yetib kelişimni aytdi. Nima emiş, yerimda ğalla örgan kombaynçilar kun böyi işlab, oç-nahor ötirgan emiş. Bu qip-qizil tuhmat. Men inson mehnatini yaxşi qadrlayman. Özingiz öylab köring, yarim keçasi dalada nima qilişim mumkin? Yana bir savol, IIB xodimlari ğalla nazoratini nega aynan mening dalamda olib borişyapti? Biz dalamizni özimiz qöriqlaymiz, boşqa heç kim kerakmas», - deydi fermer.
Adovat tarixi
Ma'lum bölişiça, fermer va IIB boşliği örtasidagi kelişmovçilik bir yil oldin boşlangan.
«2018 yilning 11 avgust kuni edi. Dala işlari bilan yurardim. Öz kuçim bilan qurgan şiyponim bor edi. Şu yerdan ötib ketayotgan tuman hokimi maşinasini töxtatib, meni çaqirtirdi. Yetib bordim. Hokim menga şiyponimni töğirlaşimni aytdi. «Xöp, bajaramiz» dedim. Şunda hokim yonida turgan, fuqaro kiyimidagi şaxs «Bajaramiz, dema. Bajaraman deb ayt» deb döq urdi. Uni tanimasdim. Keyin bilsam tuman IIB boşliği Çori Köçarov ekan. Öşanda kurakda turmaydigan gaplar bilan rosa «siyladi». Men Çori Köçarov ustidan şikoyat qildim. Unga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazildi. Şundan beri qildan qiyiq axtarib, meni qamaşga yoki haqoratlaşga, kerak bölsa, qöl kötarişga harakat qiladi», deydi fermer.
Ma'lum bölişiça, Akrom Novotov rahbarligidagi fermer xöjaligi 2003 yil taşkil etilgan bölib, 2016 yil çorvaçilik yönalişi ham qöşilgan va köp tarmoqli fermer xöjaligiga aylantirilgan. Fermer davlatdan 117 ming AQŞ dollari miqdorida kredit olib, Ukrainadan 69 boş qora mol keltirib, köpaytirgan. Ayni kunda fermerning qora mollari soni 150 boşdan oşgan.
Fermerning sözlariga köra, Çori Köçarovning adovati tufayli şu yil iyunida örib olingan 9 tonna arpasi ham tortib olingan.
«Ötgan yili çorva uçun yil oğir keldi. Şuning uçun çorva mollarim uçun arpa ham ekkandim. Ammo arpa topşiriş böyiça şartnoma qilinmagandi. Arpa faqat qora mollar uçun ozuqa sifatida ekilgandi. 7 iyun kuni MMTP bilan şartnoma asosida kombaynlarni ijaraga olib, daladan çorva uçun 9 tonna arpamni örib oldim va omborimga olib kelib töktirdim.
Şartnomaga muvofiq, barça tölovlarni amalga oşirdim. Şunda Çori Köçarovning ikki örinbosari kelib, ğallamni boşqa omborga olib ketişga majbur qilişdi. Menga nisbatan ma'muriy javobgarlik qözğatişdi. Bungayam qança yugur-yugurlar böldi.
Nega bunday qilişadi? Nega doim qörquv ostida yaşaşim kerak? Meni bunday işlar çarçatdi. Men xotirjam öz işim bilan maşğul bölişni, fermer xöjaligimni rivojlantirişni, çorvam uçun kredit sifatida olingan milliardlab söm mablağni tezroq qaytariş haqida boş qotirişni istayman. Salomatligim kundan-kun yomonlaşib bormoqda. Oxiri şu yerini berib, kasodga uçrab qutulsam kerak...
Aslida, bizning hudud tuman hokimining sektori hisoblanadi. Lekin öşa kuni hokim yöq edi. Eşitişimça, iş bilan ketgan ekan. Voqealar ham aynan mana şu kunda, tuman rahbari yöqligida sodir böldi. Şaxsan men bu tasodif böldi deb öylamayman. Bari uyuştirilgan», - deydi kuyunib fermer.
Voqealarning imkon qadar batafsil körinişi şunday.
Keling, bu ziddiyatning ikki tomoni vakillariga ta'rif berib köraylik.
Fermer kim? Fermer - ön sakkiz yoşga tölgan, qişloq xöjaligida tegişli malaka yoki iş tajribasiga ega bölgan, ijaraga berilgan yer uçastkalaridan foydalangan holda qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa faoliyat turlari bilan şuğullanuvçi tadbirkor. Fermer xöjaligi Özbekiston Respublikasida qişloq xöjaligi işlab çiqarişining asosiy sub'yektidir.
Içki Işlar xodimi kim? Içki işlar organlari xodimlarining asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik şaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilişdan, qonun ustuvorligini, şaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta'minlaşdan, şuningdek huquqbuzarliklar oldini oliş va profilaktikadan iborat.
Hamma öz işini qilişi kerakmasmi?
Holat yuzasidan navbatdagi savollar tuğiladi. Nega fermerlar bunday holatga solindi? Ularning örnini körsatib qöyiş uçunmi? Yoqi qörqitiş uçunmi?
Bir insonning könglidan halovat yöqolsa, uning qöli heç bir işga bormaydi. Issiqni issiq demay mehnat qilayotganlar nega «rahmat» eşitiş örniga kişanband etilişdi?
Bunday holatlar davom etadigan bölsa fermer qanday qilib davlat rejasini bajaradi? Qanday qilib yeriga mehr bera oladi? Fermerning asosiy vazifasi dalada işlab, tadbirkorlik qilişmasmi? Içki işlar xodimlarining fermerga fermerlikdan seminar ötişi nimani anglatadi?
Mazkur masala yuzasidan rasmiy izoh oliş uçun Kasbi tumani IIBga va viloyat IIBB matbuot xizmati bilan boğlanişga urinişlarimiz zoye ketdi. Respublika IIV matbuot xizmati esa «vaziyat tubdan örganilayotgani, yangilik bölişi bilan xabar berilişi»ni ma'lum qilişdi.
Fuqaro şa'ni, uning huquqi poymol bölgan bu voqea ijobiy yeçimini topadi, mutasaddi rahbarlar bu voqeaga öz munosabatlarini bildirişadi, deya işonç bildiramiz.