Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Fukusimadagi ikkinchi AESni buzib tashlamoqchi
Yaponiya 2011 yilda zilzila va sunamidan shikastlangan "Fukusima-1" AESiga qo‘shimcha ravishda "Fukusima-2" AESini demontaj qilmoqchi. Bu haqda Kiodo agentligi xabar berdi.
TEPCO energetika kompaniyasi prezidenti Tomoaki Kobayakava Fukusima gubernatori Masao Otibori bilan uchrashuvda "Fukusima-2" AESini demontaj qilish rejasini taqdim qildi.
Xabar qilinishicha, "Fukusima-2" AESini demontaj qilish 280 milliard iyen yoki 2,6 milliard dollarga tushadi.
AES 2011 yilgi fojiadan buyon ishlamayapti.
"Fukusima-1" AESidagi avariya Chernobil halokatidan keyingi eng yirik avariya deb topilgan. To‘qqiz ballik zilziladan so‘ng yuzaga kelgan balandligi 15 metrli to‘lqin AES energobloklarini cho‘ktirib yuborgan va uning elektr ta'minoti ishdan chiqqan.
Avariya oqibatlarini to‘liq bartaraf etishga 40 yil ketadi.
Mavzuga oid
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
16:12 / 05.06.2026
AESda ishlab chiqarilgan 1 kWh elektr narxi 1000 so‘mdan past bo‘ladi - Azim Ahmadxo‘jayev
10:59 / 05.06.2026
O‘zbekistonda quriladigan AES qiymati 9,5 milliard dollardan oshmaydi - "O‘zatom" direktori
08:19 / 05.06.2026