Atamboyev: Qirg‘izistonning ichki muammolarini o‘zimiz hal qilamiz
Rossiya bilan do‘stona munosabatlarda bo‘lishiga qaramasdan, Qirg‘iziston xalqi ichki muammolarini o‘zlari hal qiladi, dedi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvdan so‘ng.
"Bu fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Yuqori darajada o‘tgan ushbu uchrashuv tashkil etilganidan minnatdorman. Rossiya Qirg‘izistonning do‘sti va strategik hamkori ekanligini yana bir bor tasdiqladi", - deyiladi Atamboyevning bayonotida.
U Rossiya bilan do‘stona munosabatlar bo‘lishiga qaramasdan, "Qirg‘izistondagi o‘z muammolarimizni o‘zimiz hal qilamiz", deb ta'kidladi.
Atamboyev respublikaning amaldagi rahbari Jeenbekov siyosiy raqiblari bilan uchrashishi bilan "muxolifatning kun tartibi o‘zgarishiga" va'da berdi.
"Siyosiy keskinlik pasayadi. Qirg‘iziston kelajagi uchun biz ham shuni xohlaymiz", - ta'kidladi u.
Putin chorshanba kuni Kremlda Qirg‘izistonning sobiq prezidentini qabul qildi. U Qirg‘iziston hozirda siyosiy barqarorlikka muhtoj ekanligini, uning xalqi amaldagi prezident atrofida birlashishi kerakligini qayd etdi.
Mavzuga oid
21:30 / 26.08.2022
Atamboyevga davolanish uchun Moskvaga borishiga ruxsat berilmadi
20:09 / 28.06.2022
Atamboyev tartibsizliklar to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi
18:45 / 16.06.2022
Atamboyev ikkita jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi
07:49 / 03.06.2022