Hindistonlik jarrohlar Ğarbiy Bengaliya ştatida 26 yoşli bemor ayolning oşqozonidan 1,5 kg.dan ortiq tanga va zargarlik buyumlarini çiqarib oldi. NDTV telekanalining xabar berişiça, ayol zargarlik buyumlarini şu tarzda yaşirişga qaror qilgan. 

Ruhiy kasallikka çalingan ayolning içidan topilgan qimmatbaho buyumlar röyxati çindan ham hayratlanarli: 5 va 10 rupiy qiymatdagi 90ta tanga, zanjirlar, burun uzuklari, sirğalar, bilaguzuklar va hattoki qöl soatlari. Qanday qilib bunday buyumlardan ba'zilarini yutiş mumkinligining özi ajablanarli.

«Biz zargarlik buyumlari ğoyib bölayotganini payqadik. Ammo har safar undan bu haqda söraganimizda, u yiğlay boşlardi» - dedi noodatiy bemorning onasi. Ma'lum bölişiça, yoş ayol ovqatlaniş vaqtida öz xazinalarini «yaşirgan».

Jabrlanuvçining oilasi boy emas va zargarlik buyumlari asosan misdan bölgan, ammo bir neçta tilla buyumlar ham topilgan.