Sport | 08:11 / 25.07.2019
6897
1 daqiqa o‘qiladi

Messi milliy jamoa o‘yinlaridan 6 oyga chetlatilishi mumkin

Foto: REUTERS

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Argentina milliy jamoasi o‘yinlaridan uzoq muddatga chetlatilishi mumkin.

TyC Spors xabariga ko‘ra, KONMeBOL futbolchini 2-6 oy muddatga diskvalifikatsiya qilish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu esa Messining 2019 yildagi Argentina milliy jamoasi o‘yinlarida ishtirok etolmasligini anglatadi.

Jazo choralari futbolchining Amerika Kubogidagi xatti-harakatlari bilan bog‘liq. Argentina milliy jamoasi bronza medallarini qo‘lga kiritgan, ammo hujumchi taqdirlash marosimida ishtirok etishdan bosh tortgan, shuningdek, jamoasining finalga chiqolmaganiga hakamlar va korrupsiya sabab bo‘lganini aytgan edi.

Qayd qilish joizki, Argentina milliy jamoasi yil oxiriga qadar faqat o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi. Sentabr oyida «oq-havoranglilar» Meksika va Chili, oktyabrda Germaniya va Baskoniya viloyati, noyabrda Saudiya Arabistoni va Braziliya bilan bellashadilar.

Mavzuga oid