Yaponiyaning Nissan avtomobil işlab çiqaruvçi kompaniyasi tugagan çorakdagi moliyaviy körsatkiçlarning «oyoği osmondan» kelganini ma'lum qildi. Buning natijasida işçilar soni keskin qisqartiriladi. Bu haqda kompaniya hisobotida ma'lum qilingan.
Yaponiyaning ikkinçi eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasiga köra, joriy moliya yilining birinçi çoragida daromad keskin tuşib ketgan. Amaliy daromad körsatkiçi ötgan yilning şu davriga 99 foiz kamaygan.
Sof yillik daromad miqdori esa, bir yil avvalgi körsatkiç bilan taqqoslaganda, 13 foizga tuşib ketgan. Şu munosabat bilan, Nissan (NSANF) dunyo böylab öz zavodlarida 12 500 iş örnini qisqartirişini e'lon qilmoqda. Bu raqam, kompaniyaning may oyida işdan böşatişlarni rejalaştirayotgani haqidagi bayonotida körsatilgan raqamdan ikki karra ortiqdir.
Şuningdek, kompaniya 2022 moliya yili oxiriga kelib, işlab çiqariş hajmini kamida 10 foizga qisqartiradi. Kompaniya ijroçi direktori Hiroto Saikawa ma'lum qilişiça, Indoneziya va Ispaniyadagi işlab çiqariş liniyalari ham allaqaçon töxtatilgan.
Avvalroq, Yaponiya kompaniyasi Buyuk Britaniyada lyuks modellar işlab çiqarişni töxtatgan edi.
Umuman olganda, Nissan dunyoning boşqa avtomobilsozlik kompaniyalari singari, oğir kunlarni boşdan keçirmoqda. Zaif global iqtisodiyot, AQŞ-Xitoy savdo uruşi işlab çiqaruvçilar uçun katta zarar keltirmoqda. Iqlim özgarişlari sababli kiritilayotgan yangi ekologik talablar ham sanoat rivojiga tösqinlik qilmoqda.
Şu bilan birga, Nissan AQŞ va Yevropa bozorlaridagi uluşini yöqotmoqda. Misol uçun, kompaniya birinçi çorakda AQŞda 351,000 dona avtomobil sotgan, bu bozorning 7,1 foizi demakdir. Ötgan yili bu raqam 8.1 foizni taşkil etar edi. Kompaniyaning Yevropadagi savdolari, Rossiyani qöşib hisoblaganda, bir yil avvalgiga qaraganda 16 foizga pasaygan.

















