XIX asrdan beri ilk marta kelasi yili Osiyo xarid quvvati butun dunyonikidan yuqori bo‘lishi kutilmoqda, deb yozadi weforum. Bu Osiyoning badavlat bo‘lib ketishini emas, balki ko‘proq integratsiya jarayonining kuchayishi bilan baholanadi.
Biroq bu vaqtincha narsa. Iqlim o‘zgarishi va demografik inqirozdan tortib, texnologik nizolar-u tengsizliklargacha - dunyo juda ko‘p qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ularning hal qilinishi uchun esa ko‘p tomonlama o‘ylangan yechimlar zarur. Xalqaro liderlik xususiyatlari va ogohlikdagi kamchiliklar tufayli boshqaruv tizimida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.
Ammo, shu vaziyatda ham Osiyo globallashuv jarayonidan katta foyda ko‘rmoqda. U hatto dunyoni qiynayotgan muammolardan kuch olmoqda. Osiyoning baxtiga bu yerdagi o‘sish jo‘shqin tarzda kechmoqda. Xilma-xillikka boy qit'a birgalikda ishlashga va ma'lum yechimlarni topishga erishmoqda.
Agar bu Osiyo asri bo‘ladigan bo‘lsa, unga qit'aliklar o‘z mintaqalarida birdamlik bilan ishlash orqali erishadilar.
Osiyodagi sezilarli o‘sishga qaramay, bu yerlik millatlar bir-biridan farq qiluvchi geografiya va hatto murakkab tarixga ham ega. Xayriyatki, hamkorlikdan umumiy foyda ko‘rish ehtimoli ustun kelayotgani va harakatlar turli to‘siqlarni bartaraf etishga, hududiy integratsiyani yuzaga chiqarishga yordam bermoqda.
Xitoyning Hindiston, Yaponiya va Janubiy Koreya bilan muvaffaqiyatli kelishuvlari, shuningdek, Xitoy-Yapon-Koreya Respublikasining uch tomonlama sammiti ham yaxshilanishlarning isbotidir. Bundan tashqari, Janubi-sharqiy Osiyo millatlari assosiatsiyasi (ASEAN), Osiyo-Tinch okeani iqtisodi korporatsiyasi (APEC) va ShHT kabi tashkilotlarning ham soni oshmoqda.
Hozir Osiyo ko‘p tomonlama savdo liberallashuvining yuragi bo‘lib qolmoqda. AQSh tomonidan ta'qiqlangan Tinch okeani trans hamkorligi (TPP) osiyolik liderlar tomonidan davom ettirilib, shu yil qayta ish boshlash uchun shay qilib qo‘yildi.
Shuningdek, Hududiy mukammal iqtisodiy hamkorlik (RCEP) tashkilotida ham progressivlik qayd etilmoqda. Bu kabi jonli birlashmalar rivojlanish va ko‘proq mijozlarni jalb etishda davom etmoqda. Ular Osiyoda qulay iqtisodiy integratsiya uchun yo‘lak vazifasini o‘taydi. Masalan, TPP kelajakda - rivojlangan iqtisod sharoiti uchun standartlarni o‘rnatsa, RCEP rivojlanayotgan davlatlarga erkin savdo muhitida ishtirokchi bo‘lish imkonini beradi.
















