24 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida «Öztransgaz» AJ mutasaddilari iştirokida «Mamlakatda iste'molçilarni elektr energiyasi, şuningdek, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta'minlaş masalalari» mavzusida oçiq muloqot bölib ötgan.
«Öztransgaz» AJ matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan press relizga köra, «zamonaviy gaz elektron hisoblagiçlarini işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça «Artel» kompaniyasi bilan muzokaralar olib borilmoqda. Kelgusida şartnoma tuzilib, respublika aholisini zamonaviy gaz elektron hisoblagiçlari bilan ta'minlaş közda tutilgan».
Gaz hisoblagiçlari respublikadagi 3,4 mln iste'molçiga «Öztransgaz» AJning öz mablağlari tomonidan örnatiladi. Gaz elektron hisoblagiçlari bosqiçma-bosqiç örnatilib, birinçi bosqiçda Toşkent şahri va Toşkent viloyatida işlar olib boriladi va iste'molçilarga zamonaviy gaz elektron hisoblagiçlari örnatiladi.
Bungaça 16 iyul kuni Boş vazir Abdulla Aripov raisligida tabiiy gazni nazorat qiliş va hisobga olişning avtomatlaştirilgan tizimini joriy etiş loyihasini amalga oşiriş böyiça işçi majlis ötkazilgan.
Yiğilişda «Öztransgaz» AJ gaz hisoblovçi zamonaviy uskunalar işlab çiqarilişi böyiça buyurtmaçi etib belgilangan.
Toşkent şahri, Yaşnobod tumani, Elbek köçasi 61-uy manzilida işlab çiqariş majmuasini joylaştiruvçi «TEXNOPARK» MÇJ mahsulotning işlab çiqaruvçisi va yetkazib beruvçisi etib belgilangan.
Loyihaning moliyalaştiriş manbalari etib quyidagilar belgilangan:
- Özbekiston Respublikasi TIF Milliy bankining «TEXNOPARK» MÇJga gazni hisoblovçi asboblar işlab çiqariş uçun uskunalar va butlovçi qismlar, şuningdek, işlab çiqariş maydonlarini rekonstruksiya qiliş va kapital ta'mirlaş uçun ajratiladigan kredit mablağlari;
- «Öztransgaz» AJning gaz hisoblaş asboblarini xarid qiliş hamda «FIDO BIZNES» MÇJning xizmatlariga xaq tölaş uçun ajratgan mablağlari.
Majlis bayonnomasiga köra, Moliya vazirligi va Energetika vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 400 million AQŞ dollariga teng summadagi tabiiy gazni nazorat qiliş va hisobga olişning avtomatlaştirilgan tizimining (GNHAT) loyihasini moliyalaştiriş manbalarini işlab çiqiş uçun bir oy muddat ajratilgan.
Xöş, «TEXNOPARK» MÇJ qayerdan paydo böldi? Bizdagi ma'lumotlarga köra, maişiy elektr asboblar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan «TEXNOPARK» MÇJning ustav jamğarmasi




















