27 iyul kuni Koreyaning Kvanju şahridagi tungi klublardan birida bino qismining qulab tuşişi oqibatida halok bölgan va jarohatlanganlar röyxatida Özbekiston fuqarolari, jumladan suv sporti turlari böyiça jahon çempionatida iştirok etayotgan yurtimiz sport delegatsiyasi a'zolarining nomlari yöq. Bu haqda mamlakatimizning Seul şahridagi elçixonasining konsullik bölimi bergan ma'lumotga asoslanib Özbekiston TIV xabar qildi.
Xabarda qayd etilişiça, şahar politsiyasi ham uşbu ma'lumotni tasdiqladi.
Avvalroq töqqiz nafar sportçi - tört amerikalik, ikki yangi zelandiyalik, bir nafar gollandiyalik, italiyalik va braziliyalik hamda jahon çempionatiga aloqador bölmagan ikki nafar Özbekiston fuqarosi jabrlangani xabar qilingandi.
Janubiy Koreya huquqni muhofaza qiliş organlari xabariga köra, mazkur hodisa oqibatida 2 kişi halok bölgan, 17 kişi, jumladan jahon çempionatining 9 nafar xorijlik iştirokçilari jarohat olgan.
Konsullik-huquqiy departamenti Koreya Respublikasi hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolariga ular zarurat tuğilgan holatlarda Seul şahridagi elçixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötadi: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.

















