29 iyul kuni soat 8:00 hamda soat 15:00da 2019—2020 o‘quv yilgi oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanadi.

Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi xabar qilishicha, oliy ta'lim muassasalarida kirish test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan 29 iyuldan 10 avgust kuniga qadar soat 05:00dan soat 20:00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida poytaxtning Yunusobod tumanidagi Ko‘rgazma, Korxojiota, Iftixor va Niyozbek yo‘li ko‘chalari transport vositalari harakati uchun vaqtincha berkitiladi.

Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi fuqarolardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Bundan avvalroq Toshkent shahrida OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan hududlar ro‘yxati ma'lum qilingandi.