Boş prokuratura Axborot xizmati rahbari Hayot Şamsuddinov sobiq boş prokuror Raşid Qodirov televideniye orqali qaçon öz qilmişlari haqida çiqişiga doir ma'lumotni izohlay olmadi.
Eslatib ötamiz, 2018 mayida Andijon viloyatiga taşrif buyurgan Şavkat Mirziyoyev, Qodirovning özi televideniye orqali korrupsiya haqida, «yaşirin sxemalar» va boşqalar haqida hikoya qilişini aytgan edi.
«Bu savolga javob bera olmayman», - dedi 30 iyulda bölib ötgan brifingda Hayot Şamsuddinov.
Özbekiston Prezidenti Andijon viloyatiga taşrifi çoğida Raşid Qodirov işi haqida qisqaça hikoya qilgan edi.
«Mana, Raşid Qodirov guruhi bilan qamoqda ötiribdi. Million-million dollarlarni qaytaryapti. 2-3 oydan keyin uning özi televideniye orqali barçani qanday poraxör qilganini aytib beradi. Har bir tuman prokuroridan 30-40 ming AQŞ dollari olgan. Hozir u barçasini qaytaryapti. Birgina öğli milliarder. Boşqa taşkilotlar rahbarlari ham, MXX (hozirgi DXX)ning 5 sobiq örinbosarlari ham qamoqda. Ularning hammasi öğri. Qanday bölmasin, men hammasini joyiga qöyaman.
Ularning hammasi Boltiqböyida uylar qurgan. Hatto Amir Temur bunaqa uylarda yaşamagan. Bu kimning pullari – xalqniki. Şu boisdan ham prokuraturada 70 foiz xodim almaşdi. Men hammani keçiraman, ammo öğri va xoinlarni keçirmayman. Mana şuni xalqim bilişi kerak», - degan edi prezident.
Eslatib ötamiz, 2019 yil 26 iyun kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi Yunusobod tuman sudi binosida Özbekiston Respublikasining sobiq boş prokurori Raşid Qodirov va boşqalarga oid (jami 13 nafar şaxs) jinoyat işi böyiça ayblov hukmi e'lon qilindi.
Sud hukmi bilan, 2000-2015 yillarda Özbekiston Respublikasining boş prokurori lavozimida faoliyat körsatib kelgan Raşid Qodirov pora berişga dalolat qiliş, firibgarlik, soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş, tergov qilişga va sud işlarini hal etişga aralaşiş, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş kabi hokimiyat, boşqaruv va jamoat birlaşmalari organlarining faoliyat tartibiga qarşi bir qator oğir va öta oğir jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi.
Sudning hukmi bilan aybli deb topilgan jinoyatlari uçun Raşid Qodirovga JK 50-moddasining 6-qismi tartibida 10 yil ozodlikdan mahrum qiliş va eng kam oylik iş haqining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Bundan taşqari, sud oğir va öta oğir jinoyatlar uçun sudlangan Raşid Qodirovni maxsus unvon va davlat mukofotlaridan mahrum qiliş haqida taqdimnoma kiritişga qaror qilgan.

















