O‘zbekiston | 13:30 / 31.07.2019
4811
2 daqiqa o‘qiladi

Sietl - Toshkent birodarlashgan shaharlar uyushmasi asoschilaridan biri Ilza Laude Sirtautas vafot etdi

Sietl-Toshkent birodarlashgan shaharlar uyushmasi asoschilaridan biri Ilza Laude Sirtautas vafot etdi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning ta'ziyasi matni TIV saytida e'lon qilindi.

“O‘zbekistonda Sietl-Toshkent birodarlashgan shaharlar uyushmasi vitse-prezidenti va uning asoschilaridan biri bo‘lgan professor Ilza Laude Sirtautas 92 yoshda vafot etganini chuqur qayg‘u bilan qabul qilindi.

Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq, Ilza xonim Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan ilmiy, akademik va madaniy-gumanitar aloqalarni o‘rnatishda hamda AQShda o‘zbek tili va adabiyotini keng targ‘ib qilishda o‘zining ulkan hissasini qo‘shdi.

Vashington Universiteti va O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida ilk o‘quv almashinuvlarini yo‘lga qo‘yish tashabbusi bilan chiqdi.

2013 yilda Vashington Universiteti magistrlarining O‘zbekiston va Markazi

y Osiyoning boshqa davlatlariga muntazam o‘quv safarlarini tashkil etish bo‘yicha I.Sirtautas nomidagi stipendiya dasturiga asos soldi.

Uyushma asoschisi va rahbari sifatida u Sietl shahrida Toshkent bog‘ini tashkil etishga rahnamolik qildi.

Shu munosabat bilan, Uyushmaning barcha a'zolari hamda Ilza xonimning yaqinlariga chuqur va samimiy ta'ziyani izhor etamiz.

Ilza xonim o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati, urf-odati, udumlari va o‘ziga xos jihatlarining atoqli bilimdoni hamda O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv, do‘stlik va hamkorlik asoslarini yaratish va rishtalarini mustahkamlashga bebaho hissa qo‘shgan inson sifatida xotiramizda abadiy qoladi”, - deyiladi Komilovning ta'ziyasi matnida.

Mavzuga oid