Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov Qirg‘izistonga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston Respublikasiga amaliy tashrif bilan keldi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi hukumati matbuot xizmati xabar qildi.
«Manas» xalqaro aeroportida Aripovni Qirg‘iziston bosh vazirining o‘rinbosari Jyenish Razakov kutib oldi.
Aripovning amaliy tashrifi doirasida Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkali Abilg‘oziyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston bosh vazirini Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov qabul qiladi.
Bundan oldin, Abdulla Aripov 1 avgust kuni Bishkekka tashrif buyurishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026