Mehnat muhojirlari har yili O‘zbekistonga 5 milliard dollar yubormoqda - Vazir

Foto: Xalqaro press-klub
Bugun, 1 avgust kuni Xalqaro press-klubda «O‘zbekistonda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashishning yangi tizimi: xalqaro hamkorlik, ustuvor vazifalar va muammolar tahlili» mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev ham chiqish qildi.
«Bugungi kunda 2 million 600 mingga yaqin fuqarolarimiz chet elda mehnat qilmoqda. Shundan 83 foizi, ya'ni 2 milliondan ortiq fuqarolar Rossiyaga to‘g‘ri keladi.
Har yili mehnat muhojirlarimiz tomonidan 5 milliard AQSh dollariga yaqin mablag‘ mamlakatga yuborilmoqda. Bu har qanday eksport tarmog‘idan ko‘p degani.
Biz ichki ishlar vazirligi, tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda birgina Rossiyaning o‘zidan 1314 nafar fuqarolarimizni vaqtincha ushlab turish joylaridan qaytarib olib keldik. 12774 nafar fuqarolarimizga Rossiyada konsultatsiya berish orqali 296 ming AQSh dollariga teng mablag‘ni tiklab berdik. 164 mingta imtiyozli narxlarda fuqarolarga samolyot, poyezd chiptalari olib berdik», deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ushbu sessiyada odam savdosi bo‘yicha o‘z vakolat doirasida Oliy sud raisi Kozimjon Komilov ham bir necha raqamlar va ma'lumotlar taqdim etdi.
«Odam savdosi bo‘yicha jinoiy ishlar miqdori pasaymoqda. 2017 yilda bu ko‘rsatkich 401 nafar, 2018 yilda 234 nafar, bu yilgi 6 oylik ichida 70ta bunday ishlar taqdim etilgan. Bu 70ta jinoiy ishning 55tasini ayollar sodir etgan. Shuningdek, 70 foiz ishlarda jabrlanuvchilar ham ayollardir», deydi Oliy sud raisi.
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonlik ayol Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tdi
Jahon | 16:31
-
AQSh va Eron munosabatlaridagi keskinlashuv. Tehronda qanday variantlar bor?
Jahon | 15:55
-
Raqobat qo‘mitasi litsenziyasiz turfirmalar faoliyatini reklama qilish taqiqlanganini eslatdi
O‘zbekiston | 15:04
-
Samarqandda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytirish uchun 217 ta turarjoy binosi buziladi
O‘zbekiston | 14:48
Mavzuga oid

19:36 / 14.02.2025
AQSh O‘zbekiston fuqarolarini Panamaga deport qildi

12:47 / 22.07.2024
«Chek talab qilish - mayda ish emas» – Sherzod Qudbiyev chek so‘ragani uchun tarsaki yegan bolaga rahmat aytdi

15:45 / 18.07.2024
“Bu suv noqonuniy sotib olingan” – Sherzod Qudbiyev tadbirkorlar bilan muloqotda suvning markirovka kodini tekshirdi

17:09 / 06.07.2024