Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko Minskdagi muzokaralar yakunida Qöşma bayonot qabul qildi.


Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari örtasida 11ta hujjat imzolandi. Ular işlab çiqariş va ilmiy-texnik kooperatsiyani, hududlararo va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlaş, ta'lim, ommaviy axborot vositalari, naşriyot va poligrafiya faoliyati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boşqa sohalardagi almaşinuvlar va hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan.




Ommaviy axborot vositalari vakillari uçun ötkazilgan brifingda davlat rahbarlari muzokaralar samimiy ruhda, samarali ötgani, özaro manfaatli kelişuvlarga erişilganini ta'kidladilar.

Belarus Prezidenti ötgan yili mamlakatlarimiz özaro savdo aylanmasida oxirgi yillardagi eng yuqori körsatkiçga çiqqani, bu ijobiy tendensiya bu yil ham davom etayotganini ta'kidladi.
– Muzokaralarimiz amaliy, konstruktiv ruhda ötdi hamda Belarus va Özbekiston strategik şeriklar ekanini yana bir bor tasdiqladi. Özbekiston keyingi uç yilda erişayotgan muvaffaqiyatlaridan juda xursandmiz. Mamlakat rahbariyati iqtisodiyot tarmoqlarini nafaqat modernizatsiya qilyapti, balki sanoat, qişloq xöjaligi va boşqa sohalarda inqilobiy özgarişlarni amalga oşiryapti, yangi yönalişlarni hayotga tatbiq etyapti. Bu samarali hamkorligimizga umid bağişlaydi, - dedi Aleksandr Lukaşenko.

















