O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta'minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini 2021 yilda 60 foizga yetkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi uch oy muddatda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun salohiyatli investorlarni jalb qilish va ushbu loyihalarni 2021 yil yakuniga qadar ishga tushirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Tasdiqlanayotgan investitsiya loyihalari texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga, istisno tariqasida, tender o‘tkazmagan holda saralash tanlovi asosida loyiha institutlari va injiniring kompaniyalarini jalb qilishga ruxsat berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, “Asaka” ATBning “Metall buyumlarni quyish zamonaviy sexini ishga tushirish” loyihasini amalga oshirishga xorijiy tijorat banklari kredit liniyalarini jalb qilish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ:
ikki oy muddatda mazkur loyihaning texnik iqtisodiy asoslari yetakchi loyiha institutlari va injiniring kompaniyalarini jalb qilgan holda ishlab chiqilishini;
loyihaning 2020 yil oktabr oyiga qadar foydalanishga topshirilishini;
“Asaka” ATB bilan birgalikda mazkur loyihaning loyiha hujjatlari kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta'minlaydi.
Qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish sanoati va boshqa sanoat tarmoqlari o‘rtasida kooperatsiyani amalga oshirish tavsiya etilayotgan mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Quyidagilar:
2019-2020 yillarda qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi;

















