Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlar tovuq, quyon va baliq mahsulotlarini hukumat ruxsatisiz eksport qilishi mumkin
2 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mutasaddilari bilan birgalikda eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi haqida press-brifing bo‘lib o‘tdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bo‘lim boshlig‘i Botir Madrahimovning ma'lumot berishicha, eksportyorlar faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida hukumat tomonidan qator yengilliklar berildi. Jumladan, 2019 yil 24 mayda «Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga ko‘ra, ayrim mahsulotlarni eksport qilishda cheklovlar olib tashlandi.
2019 yil 1 iyundan boshlab eksportyorlar tirik va so‘yib tayyorlangan tovuq, quyon va baliq mahsulotlari, don mahsulotlari (tariq, mosh)ni alohida hukumat ruxsatisiz eksport qilishi mumkin. 2017 yil 15 dekabrda 5286-sonli Prezident farmoniga muvofiq, bu turdagi mahsulotlarni eksport qilish uchun Prezident yoki hukumat qarori talab etilardi.
Bundan avval, 2018 yil 30 oktyabrdagi 5564-sonli Prezident farmoniga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvardan boshlab eksport cheklovi bekor qilinadigan ayrim tovarlar ro‘yxati belgilangandi.
Mavzuga oid
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
18:07 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Suriyaga mahsulotlar eksporti boshlanadi
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
16:36 / 29.05.2026