Hududlarda 100 örinli yangi va zamonaviy boğçadan har oyda 10tasini quriş uçun qança mablağ ketadi deb öylaysiz? Yoki aytaylik, 60 km yölni barça standartlar böyiça sifatli asfalt qiliş uçun-çi?
50 milliard söm! Samarqanddagi çakana savdo nuqtalari naqd pullarni nazorat kassa maşinalari orqali ötkazmasdan, xalqqa çek taqdim etmasdan, soliqlarni yaşirib, jamiyatga har oy şunça ziyon yetkazişmoqda. Bu haqda Samarqand viloyat matbuot uyida bölib ötgan, viloyatda taşkillaştirilgan «Xarid çekini talab qilib oling!» aksiyasiga bağişlangan brifingda viloyat hokimining örinbosari Jamşid Öroqov ma'lum qildi.
Hokim örinbosarining ma'lum qilişiça, viloyatda bir oyda 850 milliard söm naqd pul maoş va boşqa tölovlar uçun bankdan olinadi.
«Ayrim taşkilotlar iş haqini hamon «konvert» usulida berişda davom etayotgani e'tiborga olinsa, viloyatda bir oyda xarid uçun aylanadigan pullar 1 trillion sömdan oşadi. Dehqon bozorlarida çek berilmasligi hisobga olingan taqdirda ham, bir oyda viloyatda 700 milliard söm savdoga çek taqdim etilişi kerak. Lekin çek orqali qilingan savdolar 100 milliard sömga ham yetmayapti. Buning ortidan 50–60 milliard söm soliq budjetga tuşmayapti», — dedi u.
Ayni paytda viloyatda faoliyat körsatayotgan korxonalarga töxtalar ekan, viloyat hokimi örinbosari şunday dedi: «Viloyatdagi 67 mingdan ziyod tadbirkorlik sub'yektlari mavjud bölib, şuning 13 mingtasi vaqtinçalik faoliyat körsatmayapti. Faoliyat körsatib turgan 54 mingdan ziyod korxonadan 14 mingtasi naqd pul bilan savdo qiluvçi yoki uning evaziga xizmat körsatuvçi korxonalardir. Ularning hammasida ham nazorat kassa maşinalari bor deb bölmaydi. Borlaridan ham 2,5 mingtasi bir oy mobaynida aqalli bir marta kassa maşinasini işlatmagan».
Davlat soliq inspeksiyasining bu borada olib borayotgan işi haqida qisqaça tuşuntiriş berib ötildi.
«Viloyatimizda 1000ga yaqin davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bölsa, ularning 300 nafari çakana savdo tarmoqlari bilan işlovçi uçastka inspektorlari hisoblanadi. Ularning faoliyati ham, vaqti ham bu muammoni töliq bartaraf etiş uçun yetarli bölmayapti.
Ötkazilgan tekşiruvlar natijasida bozorlarda ham, dökonlarda ham kuniga millionlab savdo bölsa-da, na xaridorga çek berilişi, na savdo qilingan pullar bankka kirim bölişi holatiga duç keldik. Xizmat körsatiş sohasida ham ayni ahvol», — dedi J.Öroqov.
Hokim örinbosari viloyatda e'lon qilingan aksiyaning mohiyatini quyi tizimdagi rahbarlar töğri anglamasdan, odamlar bunga majbur qilingan holatlar ham kuzatilganini rad etmadi. Biroq, aksiya doirasida turli plakatlar, flayerlar çiqarib tarqatilgani, volontyorlar jalb qilinganini ta'kidlab ötdi.

















