Vazirlar Mahkamasining “2019-2021 yillarda Navoiy viloyatining Nurota tumanini kompleks rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga köra, Navoiy viloyati hokimligi, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda boşqa manfaatdor vazirliklar, xöjalik birlaşmalari va tijorat banklari tomonidan işlab çiqilgan 2019-2021 yillarda Navoiy viloyatining Nurota tumanini kompleks rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi ma'qullandi.

Quyidagilar Dasturning asosiy ustuvor yönalişlari etib belgilandi:

tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantiriş, aholining, xususan xotin-qizlar, yoşlar va kam ta'minlangan fuqarolarning bandligini ta'minlaş orqali ularning daromadlarini va turmuş darajasini oşiriş;

kiçik biznes va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş;

yangi işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş va mavjud işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiya qiliş orqali sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmlarini köpaytiriş;

mavjud foydali qazilmalar - marmar, granit konlarini özlaştiriş natijasida yangi işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş va tabiiy resurslardan samarali foydalaniş;

qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni köpaytiriş va ularni qayta işlaş darajasini oşiriş;

muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş, aholini toza içimlik suvi, tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan ta'minlanganlik darajasini oşiriş;

hunarmandçilik, şu jumladan hudud uçun xos bölgan qadimiy kaştaçilik va xalq amaliy san'atini rivojlantiriş;

tuman markazi va boşqa aholi yaşaş joylari me'moriy qiyofasini tubdan özgartiriş hamda obodonlaştiriş işlarini jadallaştiriş;

aholi va yoşlar örtasida kompyuter texnologiyalari va Internet jahon axborot tarmoğidan samarali foydalaniş çora-tadbirlariga oid dastur doirasida 2019-2021 yillarda tumanda raqamli texnologiyalar öquv markazini taşkil etiş va unda bepul ta'lim beriş.

Quyidagilar:

2019-2021 yillarda Navoiy viloyati Nurota tumanini kompleks rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturini moliyalaştiriş manbalari;