Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi joylaştirildi.

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga quyidagi mazmundagi 197-5-moddani kiritiş taklif etilmoqda:

“197-5-modda. Jurnalistning qonuniy professional faoliyatiga tösqinlik qiliş.

Jurnalistning professional faoliyatiga tösqinlik qiliş, uning söroviga axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslik, öz vaqtida taqdim etmaslik yoxud bila turib yolğon yoki notöğri axborot taqdim etişda ifodalangan tarzda tösqinlik qiliş, şuningdek, jurnalistga tazyiq ötkaziş, uning jurnalistlik faoliyatiga aralaşganlik —

fuqarolarga eng kam iş haqining bir baravaridan uç baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa — beş baravaridan ön baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi”.

«Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonuniga quyidagi özgartirişlar kiritilişi mumkin:

2-moddaning yettinçi xatboşisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“bloger — xabar va materiallarni töplaş, tahlil qiliş, tahrirlaş, tayyorlaş va tarqatiş bilan şuğullanuvçi hamda ularni axborotdan foydalanuvçilar tomonidan, şu jumladan, muhokama qilişi uçun Internet jahon axborot tarmoğidagi öz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga joylaştiruvçi jismoniy şaxs”.

12-1-modda («Erkin foydalanişi mumkin bölgan axborotni Internet jahon axborot tarmoğida tarqatiş») quyidagi bandlar bilan töldiriladi:

“Bloger öz faoliyatini amalga oşirişda quyidagi huquqlarga ega:

  • ma’lumotlarni töplaş, tahlil qiliş, tahrirlaş, tayyorlaş va tarqatiş;
  • axborotni töplaş, tahlil etiş, tahrir qiliş, tayyorlaş va tarqatiş;
  • axborot oliş uçun davlat organlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, jamoat birlaşmalari, korxonalar, muassasalar va taşkilotlarga murojaat etiş;
  • davlat sirlarini yoki qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirni istisno etgan holda hujjatlar, materiallar va axborotdan foydalana oliş;