Amerika Qöşma Ştatlarida dunyodagi diniy erkinlik töğrisida hisobot taqdim etildi.

Hisobotda qayd etilişiça, diniy erkinlik böyiça xalqaro komissiya Özbekistonga diniy sabablarga köra ayblangan köplab mahbuslar saqlanuvçi «Jasliq» qamoqxonasini yopişni tavsiya etadi.

Eslatib ötamiz, 2018 yil dekabr oyida Xitoy, Eron, Saudiya Arabistoni, KXDR, Tojikiston, Turkmaniston va bir qator boşqa davlatlar AQŞ Davlat departamenti tomonidan tuzilgan, diniy erkinliklarni buzayotganlar röyxatiga kiritildi.

Öşanda Pompeo Rossiya, Komor orollari va Özbekistonni maxsus «kuzatuv röyxatiga» kiritdi, sababi uşbu mamlakatlar hukumatlari «diniy erkinlikning jiddiy buzilişlariga» yöl qöymoqda deyilgan. Idora buzilişlar nimadan iborat ekanligiga aniqlik kiritmagan.

«Butun dunyo böylab köplab joylarda odamlar şunçaki öz e'tiqodiga muvofiq yaşayotgani tufayli ta'qib qilinmoqda, hibsga olinmoqda yoki halok bölmoqda. Qöşma Ştatlar bunday zöravonliklarni şunçaki kuzatib ötirmaydi», - deya ma'lum qildi Pompeo.

Davlat departamenti rahbarining ta'kidlaşiça, diniy erkinlikni himoya qiliş tinçlik va barqarorlikni ta'minlaş uçun muhimdir. Şunga qaramasdan, u Vaşington röyxatga tuşgan mamlakatlar bilan nima qilişiga, ularga qarşi sanksiyalar joriy etilişi yoki etilmasligiga aniqlik kiritmadi.