Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 2 avgust kuni kiçik biznes va tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar tahliliga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazilgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur videoselektorda prezident sönggi kunlarda Farğona, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida buziş masalalari bilan boğliq şov-şuvli voqealarga öz munosabatini bildirib ötgan.

YouTube

Tas-IX audio

«Mening siyosatimga eng katta duşmanlik qilganlardan biri — Xorazm viloyati hokimi janob Ermanov. Ermanovga internetdagi izohlardan senga va senga öxşagan noinsoflaringga «tabrik» jönataman.

Urganç şahar hokimi [Şuhrat Abdullayev]ni jinoiy javobgarlikka tortamiz, desam, advokat bölib, boş vazirimizga iltimos qilding. Mana, sening menga qilgan «döstliging». Sen va mening siyosatim töğrisidagi bugun çiqqan izohlarni öqi.

Sen noinsof menga döst bölsang, buziş qölingdan kelmas ekan, nima qilasan u yerni buzib? Mana, izohlarni öqi. Boş vazir borganidan söng odamlar nima deb yozayapti? Sening surating yöq bu yerda. Boş vazirniki turibdi va prezidentning siyosatiga la'nat aytişyapti.

Atrofingda ötirgan odamlaring bilan mana menga qilgan duşmanliklaring. Buzişdan oldin kallang bilan öylab körmaysanmi, buzgandan foyda bormi yoki yöq? U noinsoflarga şunça pul berdik 30-50 milliardlab, nima qilasan u pulni? Katta xolangning pulimi u moliya vazirligining puli? Yo Özbekistonga ötkazib qöygan joying bormi?

Birovni işdan oliş, jinoiy javobgarlikka tortiş kerak bölsa darrov advokatga aylanasizlar.

Bularni öqib men qanday kabinetimda tinç ötira olaman?» — degan prezident Ş.Mirziyoyev.