2018 yil 9 martdagi şartnomaga köra, sobiq “Çorsu” mehmonxona majmuasi “Inter Tourism” mas'uliyati çeklangan jamiyati şaklidagi xorijiy korxonaga 2017 – 2019 yillar mobaynida hukumat kafolatisiz 33,0 mln. AQŞ dollari miqdorida investitsiya kiritiş orqali 270 öringa möljallangan 4 yulduzli mehmonxona majmuasini quriş va 350 ta yangi iş örnini yaratiş şarti bilan sotilgan edi.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi matbuot xizmatining Kun.uz'ga xabar berişiça, xorijiy korxona tomonidan oldi-sotdi şartnomasida belgilangan majburiyatlar öz vaqtida bajarilmagani sababli, Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 2 iyuldagi hal qiluv qaroriga köra, tomonlar örtasidagi şartnoma bekor qilingan. 

Hukumatning tegişli topşiriğiga köra, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi sobiq “Çorsu” mehmonxona majmuasidan samarali foydalanişni taşkil etiş maqsadida, mazkur obektni investitsiya majburiyatlarini bajariş şarti bilan takroran ommaviy savdolarga çiqarişni közda tutgan.

Ayni damda Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi tayyorlanib, tegişli vazirlik va idoralar bilan kelişilmoqda. 

Bundan oldin, Toşkent hokimi nima uçun Ahmet Demir “Çorsu” mehmonxonasini qura olmasligini aytgandi.