Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston terma jamoalari va xorijiy davlat sportçilari uçun öquv-maşğulot bazasini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi. 

Hujjat bilan Kasb-hunar ta'limi tizimini yanada takomillaştirişni muvofiqlaştiriş böyiça Respublika komissiyasi, Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Andijon viloyati hokimligi, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining Andijon viloyati, Xonobod şahar “Istiqlol” mahalla fuqarolar yiğini hududidagi Xonobod köçasida joylaşgan Xonobod servis va ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejining bino va inşootlarini tegişli hududi bilan birga Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi tasarrufiga tekin foydalaniş huquqi bilan bepul beriş töğrisidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.

Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi körsatilgan bino va inşootlarni tegişli hududi bilan birga topşirilişini, Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi qabul qilib olinişini hamda ulardan samarali foydalanilişini ta'minlaydi.

Andijon viloyati, Xonobod şahrida joylaşgan Xonobod servis va ijtimoiy iqtisodiyot kolleji nomini Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi tasarrufidagi sport turlari böyiça Özbekiston terma jamoalari va xorijiy davlat sportçilari uçun öquv-maşğulot bazasi deb rasmiylaştirilişi inobatga olinadi.

Quyidagilar öquv-maşğulot bazasining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

jahon va Osiyo çempionatlarida, Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo öyinlarida, Universiadalar, boşqa xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda Özbekiston şarafini munosib himoya qilişga qodir xalqaro toifadagi sportçilarni, terma jamoalar a'zolarini tayyorlaş uçun zarur sport inventarlari bilan jihozlangan zamonaviy, xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnika hamda öquv-maşğulot bazasini taşkil etiş;

sport turlari böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a'zolari (keyingi örinlarda terma jamoalar deb ataladi) sportçilarini markazlaştirilgan tartibda tayyorgarlik körişini ta'minlaş;

sport turlari böyiça terma jamoalarni, sport zaxirasini tayyorlaş maqsadida öz faoliyatini ta'minlaş uçun özining moddiy-texnika bazasini rivojlantiriş;

sportçilar, terma jamoalar a'zolarining öquv-maşğulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida taşkil etiş, xalqaro toifadagi sportçilarni tayyorlaş uçun yuqori malakali trener-mutaxassislar, psixologlar va metodistlarni, şu jumladan xorijdan keng jalb qiliş hisobiga öquv-maşğulot jarayoniga ilğor xalqaro tajribani inobatga olingan holda yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etiş orqali ularning nazariy hamda texnik-taktik tayyorgarligi sifatini muntazam oşiriş;